Kurs ishining maqsadi va vazifalari Kurs ishining maqsadi - talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash xisoblanadi.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- mustaqil ravishda tanlangan kurs ishi mavzusi boʻyicha mavjud iqtisodiy muammolar mohiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi;
- mikroiqtisodiyot qonun-qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilishi;
- milliy istiqlol gʻoyasi va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini dolzarb muammolarini bartaraf etishni singdirish;
- iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar toʻgʻrisida amaliy koʻnikmalarni hosil qilish ;
- Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyotga oid qonunlairni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev asarlarini, va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqarilgan me’yoriy hujjatlarni ishda oʻzlashtirishi;
- internet va statistik ma’lumotlar, hisobotlar va xujjatlarni iqtisodiy tahlil qilish;
- ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan yoʻl–yoʻriq, xulosalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqish.
Kurs ishini bajarish jarayoni oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlgani uchun toʻgʻri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir koʻrsatadi.
SHuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba oʻz me’natini quyidagi bosqichlar boʻyicha toʻgʻri va samarali taqsimlashi katta ahamiyatga ega:
- kurs ishi mavzusini tanlash;
- axborot uslubiy tahminoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yigʻish va ularni oʻrganish;
- kurs ishi mavzusi rejasini tuzish;
- mavzuga oid turli ma’lumotlar toʻplash va qayta ishlash;
- kurs ishini matnini yozish;
- kurs ishini rasmiylashtirish;
- kurs ishi himoyasi.
Kurs ishini bajarishda talaba oʻz ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda kurs ishi rahbarlari bilan zarur boʻlgan holatlarda maslahatlashishi va tegishli koʻrsatmalar asosida faoliyat koʻrsatishi zarur hisoblanadi.