Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


OʻQUV DASTURI UMUMIY TALABLARI



Yüklə 4,22 Mb.
səhifə21/114
tarix26.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#135999
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
30720707-YANGI Tikuvchi

OʻQUV DASTURI UMUMIY TALABLARI


Dastur nomi

Biznes asoslari

Ajratilgan soat

120

Mavzular soni

18

Dasturning maqsadi

Oʻquvchilarni oʻz biznes-gʻoyalarini amalga oshirish va
shaxsiy daromad topish maqsadida biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyishga oʻrgatish.

Oʻzlashtirish (oʻqitish) natijalari

  • shugʻullanish mumkin boʻlgan muayyan tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va ustun jihatlarini aniqlash;

  • oʻz shaxsiy biznesini tashkil etish uchun zarur boʻlgan biznes muhitni tahlil qilish;

  • biznesni boshlashning huquqiy va moliyaviy jihatlarini baholash;

  • oʻz shaxsiy biznes-rejalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

  • shaxsiy biznesni tashkil etish, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda litsenziya olish.

Bilimlar

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati mazmuni;

  • tadbirkorning huquq va majburiyatlari;

  • tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari va taʼsis hujjatlari;

  • biznes-rejaning vazifasi va asosiy boʻlimlari;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida marketing faoliyatini tashkil etishning uslubiy asoslari va marketing tadqiqotlari;

  • bankdan kredit olish va rasmiylashtirish tartibi;

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan barcha qonuniy va meʼyoriy hujjatlar yuzasidan axborotga ega boʻlish;

  • innovatsion tadbirkorlik mazmuni;

  • tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi.

Koʻnikmalar

  • shaxsiy biznesni tashkil etish va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, litsenziya olish;

  • biznes-reja ishlab chiqish, shaxsiy biznes faoliyatini yuritish va uni boshqarish;

  • biznes faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish;

  • biznes faoliyatini yuritish uchun marketing tadqiqotlarini oʻtkazish va tahlil qilish;

  • “Start-up” loyihalarini ishlab chiqish;

  • mahsulot va xizmatlarni reklama qilish;

  • bank kreditlarini rasmiylashtira olish;

  • soliq va kredit imtiyozlaridan foydalana olish;

  • munosib ish topish, oʻzini oʻzi band qilish, tegishli ishchi va mutaxassislarni yollash, bandlikni taʼminlashga oid hujjatlar bilan ishlay olish;

  • ishbilarmonlik etikasiga ega boʻlish, undan foydalanish va boshqalar.


Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin