Po’k. Po’k-po’k. Ichi bo’sh yoki kavak narsani urganda, qizdirilmagan childirmani chertganda, yurak tepishi va shu kabi hollarda chiqadigan tovush
haqida (I.608)
Po’k. Po’k-po’k. Ichi bo’sh yoki kavak narsani urganda, qizdirilmagan childirmani chertganda, yurak tepishi va shu kabi hollarda chiqadigan tovush
haqida (III.327)
Po’rt. Igna, tikan va shu kabi o’tkir
narsa kirganda, teshganda eshitiladigan tovush haqida (I.609)
Po’rt. Igna, tikan kabi o’tkir narsa
kirganda, teshganda eshitiladigan tovush (III.329)
Qarr. Qarr-qarr. Qarg’a va ba’zi boshqa qushlarning tovushi haqida
(II.557)
Qarr. Qarg’a va ba’zi boshqa qushlarning tovushini bildiradi (V.252)
Qarr-qarr yangi lug’atda berilmagan.
Qars. Qars-qars. Qars-qurs. Narsalarning bir-biriga qattiq urilishidan, sinishidan va sh.k.lardan
hosil bo’ladigan tovush haqida (II.557)
Qars. Narsalarning bir-biriga qattiq urilishidan, sinishidan va sh.k.lardan hosil bo’ladigan tovush (V.252)
Qars-qars.Qars-qurs yangi lug’atda
berilmagan.
Qasir-qusur.'>Qasir. Qasira-qusur. Qasir-qusur. Yog’och va shunga o’xshash narsalarning chatnashidan yoki sinishidan hosil bo’ladigan tovush
haqida (II.559)
Qasir. Yog’och va shunga o’xshash narsalarning chatnashidan yoki sinishidan hosil bo’ladigan tovushni bildiradi (V.257)
Qasir-qusur. «Qasir» va shunga yaqin
(o’xshash) tovushlarni bildiradi (V.257)