Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-ajuvoz-ajuvoz, ba-bu, badar-badar, badir-badir, bam-bum – lug’atlarda



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə37/48
tarix03.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128820
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Tadqiqotning

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bong.

-ajuvoz-ajuvoz, ba-bu, badar-badar, badir-badir, bam-bum – lug’atlarda


yo’q.
-alang-alang, bilt-bilt – lug’atlarda yo’q. Alanglamoq, biltanglamoq
fe’llari shu negizdan yasalgan.
bong – lug’atlarda yo’q. Lekin ushbu so’zning O’TILdagi izohiga uning ovozga taqlid ma’nosi kiritilmagan. Birinchi nashrda uning ma’nosi quyidagicha izohlangan: f. – baland ovoz, qattiq tovush; ikkinchi nashrida esa f. qattiq qichqiriq, faryod, shovqin tarzida.
R.Qo’ng’urov bu so’zning taqlidiy so’z ekanligini to’g’ri belgilagan: «Bong. Bu ham qo’ng’iroq bo’lsa kerak: radioning yomon ishlashi haqida respublika matbuoti ham bong urdi («Qizil O’zbekiston»). Turkiy tillarning hammasida ham qo’ng’iroq so’zining o’zagi asosan tovushga taqlid bilan bog’langan bo’lib, ular substantivlashib ot kategoriyasiga o’tgan. Masalan, qirg’iz tilida u shыng, turkman tilida jang, oltoy tilida ham qongro va b.» (RQ, 113-bet). Ushbu izohga quyidagicha qo’shimcha qilish mumkin: «Bu ham qo’ng’iroq bo’lsa kerak»ning o’rniga « Bu qo’ng’iroqning ovozi bo’lsa kerak», degan ma’qul. Taqlidiy so’z keyinchalik substantivatsiyalashgan – qo’ng’iroqning ovozi ma’nosini anglatish jarayonida uning semantikasida ikkinchi ma’no hosil bo’lgan. Shuning uchun
uning etimologiyasini forscha, deb izohlashdan ko’ra, taqlidiy so’z negizida paydo bo’lganligini aytish maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin edi.
bul-bul – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov uni lug’at qismida taqlidiy so’z sifatida keltirgan bo’lsa ham, uni biron bir misol yordamida asoslamagan.
buldur-buldur – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov bu so’zni taqlidiy birlik sifatida qaraganda Mahmud Koshg’ariyga tayangan. Koshg’ariy «Devoni»ni 1- qismining 374-betida buldur-buldur etmoq tarzida tovushga taqlid so’z sifatida qo’llangan, hozir esa biror narsaning uzoqdan qiyinchilik bilan ko’rinishini tasvirlovchi obrazli so’z sifatida ishlatiladi, deb quyidagi Uzoqdan bir narsaning bulduragan qorasa ko’rindi misolini keltiradi. Bu taqqoslashlardan zamonlar o’tishi bilan ayrim taqlidiy so’zlar ma’nosida o’zgarish sodir bo’lishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish lozim bo’ladi.
bulq-bulq – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urovning o’zi ham uning ma’nosini izohlamagan. Botqoqlikning ustini qoplab turgan yuzani yoki muloyim narsani bosganda bo’ladigan harakatni shunday ifodalash mumkin.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin