Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/48
tarix03.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Tadqiqotning

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’zbek tilshunosligida alohida so’z turkumi sifatida taqlidiy so’zlarning grammatik xususiyatlari R.Qo’ng’urov tomonidan tadqiq etilgan va olim tomonidan 1962-yilda «Изобразительные слова в современном узбекском литературном языке” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan hamda «O’zbek tilida taqlidiy so’zlar» (Toshkent: Fan, 1966) nomli monografiyasi, «O’zbek tilida o’zgarmaydigan so’zlar. II qism» (Samarqand, 1980) kitobi nashr etilgan. Shuningdek, «O’zbek tili grammatikasi» akademik nashrining (Toshkent: Fan, 1975) «Taqlidiy so’zlar» qismi ham shu muallif tomonidan yozilgan. R.Qo’ng’urov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar va turli yillarda turli olimlar tomonidan yaratilgan o’quv qo’llanmalari va darsliklarda taqlidiy so’zlarga oid berilgan nazariy materiallar ham mazkur dissertasiya uchun tanlangan mavzuni yoritishga zamin bo’lib xizmat qiladi.



1 Маҳмудов Н. Ўктам ва ўлмас тилимиз // Тафаккур, 2010, № 4, 5-бет.


Ishning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqlikligi. Dissertatsiya mavzusi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida 2010 - yilgacha o’rganilgan «O’zbek tili lug’at tarkibida semantik-uslubiy siljishlar» mavzusining tarkibiga kiradi va u o’zbek tilshunosligi kafedrasining 2009-yil da bo’lib o’tgan yig’ilishida tasdiqlangan.
Tadqiqotning maqsadi. O’zbek tili leksikografiyasida erishilgan yutuqlarga tayangan holda izohli lug’atlarda berilgan taqlidiy so’zlarni qiyosiy talqin etish va shu asosda mazkur so’z turkumining o’zbek tili lug’at boyligida tutgan o’rnini belgilash.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • «O’zbek tilining izohli lug’ati»ning birinchi va ikkinchi nashrlarida, Sh.Rahmatullayevning «O’zbek tilining etimologik lug’ati»da berilgan taqlidiy so’zlarni to’plash;

  • to’plangan leksikografik materialni qiyosiy tahlil etish.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin