Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə39/48
tarix03.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#128820
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Tadqiqotning

vajir-vajir – lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov ham uning ma’nosini izohlamagan. Uning ma’nosi ko’za g’imirlayotgandek, jimir-jimir qilayotgandek tuyuladigan va bir-biri bilan chatishib, tutashib, chaplashib ketgan mayda narsalar haqida (Yangi: I.254) aytilgan bijir-bijir so’ziga yaqinlashadi, odam terisining tashqi ta’sir natijasida jimirlashi ma’nosini beradi: badanim vijir-vijir qildi singari.
vaysaqi – lug’atlarda bor. Ammo ularda uning ma’nosi hadeb vaysayveradigan, ko’p gapirishni yaxshi ko’radigan (odam) tarzida izohlangan. (Yangi: I.436). R.Qo’ng’urov uni bekorga taqlidiy so’zlar qatoriga kiritmagan bo’lishi kerak. Chunki vaysamoq, vaysaqilik, vaysiramoq singari so’zlarning asosida taqlid – vay yotgan bo’lishi kerak.
vaq-vuq – lug’atda yo’q. R.Qo’ng’urov ham uning ma’nosini izohlamagan.
U vaq-vaq ning varianti bo’lishi mumkin.

53 Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар, 90-бет.


vaqur-vuqur – lug’atda yo’q. R.Qo’ng’urov ham uning ma’nosini izohlamagan. U vaqir-vaqir, vaqir-vuqur ning varianti hisoblanadi. (Yangi: I.448)
valaki-salang – lug’atda bor. Ammo u valakisalang tarzida berilgan va ma’noalari o’taketgan beg’am, beparvo; ishyoqmas, xumpar, devona tarzida izohlangan. R.Qo’ng’urov uning ma’nosini izohlamagan.
valdir – lug’atda yo’q. R.Qo’ng’urov u haqda -a affiksini tahlil qilganda so’z yuritgan: «Bu affiks yuqoridagi -la affiksining qisqarishidan tug’ilgan bo’lib (so’z tasviriy so’zlardan yasash haqida boradi) r tovushi bilan tugagan tasviriy so’zlarga qo’shilib, fe’llar yasaydi: pir-pir+a, pildir+a, guldir+a, valdir+a, yaltir+a, jovdir+a, hilpir+a, yarqir+a, mo’ltir+a: Davlatning ravnaqi bizning qilichimizga bog’liq, - o’zicha valdiradi bir bek (Oybek). (123-bet). Valdir- valdir, valdirvoqye, valdirvosar, valdir-vuldur, valfajri so’zlari ham lug’atlarda yo’q. R.Qo’ng’urov uning ma’nosini izohlamagan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin