41
1. Mohiyati bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash amallarini shakllantiring.
2. Ushbu operatsiya bo’yicha buxgalteriya provodkasini amlaga oshirish bo’yicha
taklif bering.
3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
3-masala.
Auditorlik firmasida mijoz korxonaning
quyidagi buxgalterlik,
iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya
balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul
mablag‘larining harakati va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar,
balansga
tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo‘jalik
shartnomalari, korxonaning shtat
jadvali, hujjat aylanish grafigi, o‘tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.
Talab qilinadi:
1.
Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to‘plash
kerak va tekshirish o‘tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy
hujjatlardan
foydalanishi lozim;
4-masala.
«Adidas» kompaniyasida audit qilish natijasida soliqlardan kam
to‘langanligi ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida kompaniyasi direktori har bir
auditorga dam olish uchun yo‘llanmalar taklif qildi va
ulardan ijobiy auditorlik
xulosa berishlarini iltimos qildi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
5-masala.
Tikuv ishlab chiqarish firmasi auditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan
shartnomada ko‘rsatilgan talablarni
bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish
firmasi va auditorlik kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi.
Shu sababli,
tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomani
buzib, auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzmoqchi.
Dostları ilə paylaş: