Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/86
tarix25.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134133
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86
Talab etiladi: 
1.
Siz o’z yordamchingiz debitor qarzlar bo’yicha tekshiruvni to’liq qamrab 
olganiga qay darajada ishonsiz, 
2.
Auditor yordamchisining auditorga tekshiruv materiallarini berish tartibi 
Axloq kodeksida qay tariqa bayon etilgan? 
3.
Auditor o’z yordamchisining audit standartlaridan qay darajada 
foydalanganini qay tariqa nazorat qiladi? 
2-masala. 
«Deloitte and Touche» auditorlik kompaniyasining auditori Delua 
Uilyam bilan quyidagi holatlar yuz berdi: 
1.
“A” kompaniyaning buxgalteri 2 oy oldin ishdan haydalgan bo’lib, 
kompaniya yangi buxgalter ishga qabul qilmagan. Natijada kompaniyada xo’jalik 
operatsiyalari ro’yxatga olinmagan va buxgalteriya ishlari yuritilmagan. Kredit 
shartnomasiga rioya qilish maqsadida korxona oraliq moliyaviy hisobotni taqdim 
etishi kerak, ammo mazkur hisobot tuzilmagan. Shu boisdan kompaniya «Deloitte 
and Touche» auditorlik tashkilotiga murojaat etib, mazkur auditorlik tashkiloti 


46 
auditori Delua Uilyamni hisobot tuzishga yordam berishini so’radi. Chunki Delua 
Uilyam mazkur kompaniyaning oldingi yillardagi moliyaviy hisobotini auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazgan.
2.
Delua Uilyam mazkur jarayonda kompaniya soliq delaratsiyalrini tuzishda 
sof foydni sezilarli darajada kamaytirganini aniqladi. Delua Uilyam ushbu holat 
bo’yicha auditorlik tashkiloti rahbariga ma’lumot taqdim etdi va kompaniyaga 
hisobotni to’g’rilash kerakligini tavsiya etdi. Ammo kompniya hisobotni 
o’zgartirmasligini ta’kidladi. Delua Uilyam bu haqda soliq organiga ma’lumot taqdim 
etdi. 
3.
Hisobot davri yakunid kompaniya rahbariyati uning inventarizatsiya 
jarayonidagi ishtiroki uchun kompaniyadaa ishlabb chiqarilgan mahsulot bilan uni 
rag’batlantirdi. 
4.
Delua Uilyamning o’rtog’i Devid Krukshank «Deloitte and Touche» 
auditorlik tashkiltining mijozi bo’lgan bankda kreditlarni taqdim etish bo’yicha 
mas’ul hisoblanadi. Delua Uilyam Devid Krukshank bilan ta’minlanmagan kreditni 
taqdim etish bo’yicha kelishuvga erishdi va Devid Krukshank Delua Uilyamga 
kreditni taqdim etdi.
Talab etiladi: 
1. Yuqoridagi har bitta holat bo’yicha etika tamoyillari nuqtai nazaridan o’z 
fikringizni bayon eting 
2. Yuqoridagi holatlardan qays birida etika tamoyillariga rioya qilinmagan. 
3. O’z fikringizni etika kodeksi qoidalari bilan asoslang.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin