Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/86
tarix25.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134133
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
1-ILOVA 
 
XALQARO AUDIT STANDARTLARIDAGI ATAMALAR 
Audit (Audit) -
moliyaviy hisobot auditining maqsadi auditorga moliyaviy hisobot 
barcha muhim jabhalari bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan 
kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan xulosa (fikr bildirish) berish 
imkoniyatini taqdim etishdan iborat. Auditorlik xulosasini tayyorlashda quyidagi 
ma’nosi bir-biriga teng bo’lgan “to’g’ri va haqqoniy aks ettiradi” yoki “barcha 
muhim jabhalari bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan” degan jumlalardan 
foydalaniladi. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy yoki boshqa 
ma’lumotlarni audit qilishda ham xuddi shunday maqsad ko’zda tutiladi. 
Audit dasturi (Audit program)
- auditning umumiy rejasini amalga oshirish uchun 
rejalashtirilgan auditorlik muolajalari tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi audit 
dasturi. Audit dasturi auditda ishtirok etayotgan auditorning yordamchisi uchun 
yo’riqnomalar to’plami hamda ishni tegishli ravishda bajarish va uni aks ettirish 
yuzasidan nazorat qilish usuli sifatida xizmat qiladi. 
Audit ko’lami (Scope of an audit) - 
ushbu atama aniq vaziyatlarda audit maqsadiga 
erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan auditorlik muolajalariga taalluqli. 
Auditor (Auditor) 
- audit uchun yakuniy mas’uliyatga ega bo’lgan shaxs. Ushbu 
atama, shuningdek, auditorlik firmasi uchun ham qo’llaniladi. (Soddalashtirilish 
maqsadida Auditning xalqaro standartlarida “auditor” atamasi auditorlik xizmatlari 
bilan bir qatorda, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan kasbga doir xizmatlarni 
yoritishda ham qo’llaniladi. Ushbu ta’rif kasbga doir xizmatlarni bajaruvchi shaxs 
albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas). 
Asosiy auditor (Principial auditor) - 
sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy 
qismlari bo’yicha moliyaviy ma’lumotdan iborat bo’lgan moliyaviy hisobot bo’yicha
 
boshqa auditor tomonidan audit o’tkazilgan holatlarda sub’ektning ushbu moliyaviy 
hisoboti bo’yicha auditorlik hisoboti tayyorlash uchun mas’ul bo’lgan auditor.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin