Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Nomuvofiqlik (Noncompliance)



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/86
tarix25.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134133
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86
Nomuvofiqlik (Noncompliance) 
- amaldagi qonunlarga yoki me’yoriy hujjatlarga zid 
holda audit o’tkazilayotgan ob’ekt tomonidan bilib turib yoki bilmasdan yo’l qo’ygan 
xato va kamchiliklari.
 


87 
Noto’g’ri ko’rsatish (Misstatement) - 
xato yoki tovlamachilik natijasida moliyaviy 
ma’lumotda vujudga kelishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ko’rsatishlar. 
Oraliq moliyaviy ma’lumot yoki hisobot (Interim financial information or 
statements) 
- moliyaviy davrga nisbatan oraliqdagi sanalar (odatda yarim yil yoki 
chorak davri) bo’yicha tayyorlangan moliyaviy ma’lumot (yuqorida keltirilgan 
talqinga muvofiq to’liq moliyaviy ma’lumotdan kamroq hajmda bo’lishi mumkin). 
Rejalashtirish (Planning) - 
auditning kutilayotgan tavsifi, muddati va hajmiga 
mufassal yondoshish va umumiy strategiyani ishlab chiqish.
 
Segment bo’yicha ma’lumot (Segment information) 
- moliyaviy hisobotda 
sub’ektning farqlanadigan tarkibiy qismi yoki tarmoq va jug’rofiy jabhalariga 
taalluqli ma’lumot. 
Sifat nazorati (Quality controls) - 
auditorlik firmasi tomonidan amalga oshirilgan 
barcha auditorlik tekshiruvlar 220-sonli “Auditorlik ishi sifatini nazorat qilish” 
Auditning xalqaro standartlarida qayd etilgan Moliyaviy hisobot auditining maqsadi 
va uni tartibga solishning umumiy tamoyillariga muvofiq amalga oshirilganligiga 
oqilona ishonch hosil qilish uchun auditorlik firmasi tomonidan qabul qilingan 
siyosat va muolajalar. 
Sub’ekt rahbariyati (Management) 
- rahbariyat katta xodimlar va rahbarlik 
vazifalarini bajaruvchi boshqa shaxslardan iborat bo’ladi. Direktorlar va auditorlik 
qo’mitasi faqat ushbu vazifalarni bajargan hollarda rahbariyat tarkibiga kiradi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin