14
2) Analitik balans yil boshi oxirgi malumotlari bo’yicha quyidagi
ko’rsatkichlar asosida moliyaviy holati tahlilini amalga oshiring:
- aktivlarning umumiy likvidligini (aktivlar tuzilishi bo’yicha);
- aylanma mablag’lar dinamikasi;
-sof pul oqimi xususiyatlarini;
- umumiy, joriy, mutlaq likvidlik, joriy majburiyatlarni zahiralar bilan
qoplanish koeffitsienti;
- mustaqillik koeffitsienti;
- xususiy kapital rentabelligini.
3-masala.
Yillik hisobotni tekshirish jarayonida auditor buyurtmachi tomonidan
raqobatbardosh korxona sotib olinayotganligini aniqladi. Agar bu ma’lumotlar
ma’lum bo‘lsa, raqobatbardosh korxona aksiyalari kursi oshadi. Auditor vositachi
tomonidan korxona aksiyalarini sotib olishga qarshi emas va shu tarzda u ko‘proq
foyda olish imkoniyatini qidirmoqda.
Talab qilinadi:
1. Bunday holatda u o‘zining professionallik majburiyatini buzmayaptimi?
2. Yuqoridagi holatlarni tahlil qiling.
4-masala.
Audit o‘tkazish jarayonida bosh auditor oddiy auditorga audit
o‘tkazilayotgan korxonaning soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarini Soliq qonunchiligiga
asosan tekshirib chiqish yuzasidan berdi. Tekshirish tugagach, oddiy auditor soliqlar
bo‘yicha hisob-kitoblarda hech qanday xato aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Audit
jarayonida bir haftadan so‘ng hisobot tayyorlandi. Ikki oy o‘tgandan so‘ng soliq
inspeksiyasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo‘yicha bir qator
kamchiliklarni aniqladi. Shunga ko‘ra, korxona, hisoblangan soliqlarni va jarimalarni
to‘lashi zarur bo‘ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga nima sababdan bu
xato-kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligi haqida murojaat qildi.
Dostları ilə paylaş: