Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


O’zbekiston va global muammolar



Yüklə 52,07 Kb.
səhifə3/4
tarix26.11.2023
ölçüsü52,07 Kb.
#136275
1   2   3   4
Global muammolarning mezonlari va darajalari

2. O’zbekiston va global muammolar. Mamlakatimizning kelajagi to’g’risidagi ilmiy-falsafiy bashorat Prezidentimiz I. Karimov tomonidan «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» va boshqa bir qator asarlarida asosli ravishda bayon qilib berilgan. Bu asarlarda O’zbekistonning mintaqamizdagi o’ziga xos o’rni, ulkan tabiiy resurslari, demografik omil va inson salohiyatini inobatga olib, boy ma’naviy merosimiz, tarixiy tajriba, milliy qadriyatlarimizga asoslanib, yaqin kelajakda mamlakatimiz, shubhasiz rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’ringa ega bo’lishi kerakligi bashorat qilingan. Islom Karimov to’g’ri ta’kidlagani kabi: «Jahon tsivilizatsiyasi xazinasiga ulkan hissa qo’shgan boy tariximiz, buyuk madaniyatmiz, ko’p avlodlar hayoti davomida vujudga kelgan beqiyos tabiiy va aqliy imkoniyatlarimiz, xalqimizning yuksak madaniyati va axloqiy qadriyatlarimiz, zaminimizda yashayotgan odamlarning mehnatsevarligi, saxovatliligi, bag’rikengligi va jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rinni egallashga bo’lgan istagi buning garovidir».
Albatta, mamlakatimizda sobiq Ittifoqdan meros qolgan eng global muammo — Orol fojiasi ekanligini bilamiz. Bu borada respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko’pdan-ko’p tashabbuslarni o’rtaga tashlab kelmoqda. Shu bilan birga mamlakatimiz aholisi ham muttasil o’sib bormoqda.
Respublikamizda «demografik portlash» asosan, XX asrning ikkinchi yarmida ro’y berib, bu jarayon (boshqa biror jiddiy omillar ta’sir etmasa) XXI asrning dastlabki o’n yilliklari oxirigacha davom etishi bashorat qilinmoqda. Respublikamizda hozirgi vaziyatda vujudga kelgan o’ziga xos «demografik vaziyat g’oyat muhim xususiyatlardan biridir, — deb qayd qilgan edi Prezident I.A. Karimov, — Jumhuriyatimizda aholi va mehnat resurslari har yili yuksak sur’atlar bilan ortib bormoqda». Jumladan, 1980 yilda aholining bir yillik tabiiy o’sishi 421161 kishini tashkil etdi, bu ko’rsatkich 1989 yilda 480621 kishini; 1997 yilda 580673 kishini tashkil etdi.
O’zbekiston o’z aholisi o’sish bilan bog’liq masalalarni, aytish mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Prezidentimizning bozor munosabatlariga o’tishda aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish siyosati, respublikamizda bo’lishi mumkin bo’lgan ijtimoiy tengsizlikning oldini olishga xizmat qildi.
Keyingi paytlarda respublika hukumati onalarning sog’lig’ini muhofaza qilish, tug’ilgan xar bir chaqaloq oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning javobgarlik hissini oshirish borasida, shuningdek farzandning ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur anglashlari uchun juda katta ma’naviy rag’batlantiruvchi tadbirlar ishlab chiqqanligi o’ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda «Sog’lom avlod» jamg’armasining tuzilishi, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi fikrimizning dalili bo’ladi.
Bugungi kunda o’zbek xalqining qadriyatlari asosida yosh avlod dunyoqarashi shakllantirilganda, shubhasiz ajdodlarimizning o’z Vatani, tabiiy muhitga bo’lgan mehr-muhabbatli bo’lish kabi muqqadas tuyg’usining avloddan-avlodga meros bo’lib o’tayotganligini va bu meros oldida chuqur mas’uliyat hissi bo’lishi zarur ekanligini hisobga olish lozim.
Prognozlash - biror-bir xodisaning istikbollarini maxsus ilmiy takik etish. Uz predmetiga kura tabiiy - ilmiy va prognozlash jarayonini tafovutlash kabul kilingan. Prognozlashda asosiy manba vazifasini tajribadan olingan malumotlar, bashorat kilinayotgan xodisaning istikboliga doir analogiyaga asoslangan baxolar, malum tendentsiyalar ekstropolyatsiyasi, xodisalarning kelajakdagi xolatiga doir modellar va boshkalar utaydi. Prognozlashning uch asosiy uslublari sinfi mavjud: 1. sub’ektiv fikr - muloxazalarni ob’ektivlashtirish maksadida axoli surovini amalga oshirish. 2. ekstrapolyatsiya va interpollashtirish - bashorat kilinayotgan jarayon kursatkichlarining uzgarib borish xususiyatlarini aniklash. 3. modellashtirish - bashorat kilinayotgan xodisaning extimolligi me’yorlarini tuzish.

Yüklə 52,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin