Ўзбекистон республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги


– Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari malakaviy amaliyotiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/7
tarix18.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#127168
1   2   3   4   5   6   7
Амалиёт дастури 3-курс2022-2023 yangisi

60110600 – Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari malakaviy amaliyotiga qo‘yiladigan talablar:

  • Informatika. Ma’lumotlar bazasi, Kompyuter ta’minoti, Axborot xavfsizligi, Informatika o‘qitish texnologiyalari, Algoritmlar, Pedagogik dasturiy vositalar kurslaridan so‘nggi axborot va pedagogik texnologiyalarini qo‘llagan holda dars olib borishni o‘rganish;

  • Tashkilotlarda foydalanilayotgan kompyuter dasturlarini va ma’lumotlar bazasini o‘rganish, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib yuritiladigan ishchi hujjatlarni o‘rganish;

  • Dars ishlanmalari, testlar, fan mavzulariga oid slaydlar, tarqatma materiallar tayyorlash, darsni pedagogik va psixologik bilimlar asosida tahlil etish;

  • Tashkilotlardagi ish jarayonlarini kuzatish, olgan bilimlari asosida tahlil qilish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tahlil qilish;

  • O‘quv muassasalari guruh faoliyati, guruh jurnali, o‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish;

  • O‘quv muassa yoki tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

60110600 – Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining amaliyot davrida bajaradigan ishlarining
REJA JADVALI
Birinchi hafta
1-kun

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlar rahbarlari bilan tanishuv. Shartnoma, buyruq va amaliyotchi talabaning majburiyatlari bilan tanishtirish;

  2. Amaliyot kundaligi, dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish;

  3. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlar tarixi bilan tanishish;

  4. Mutaxassislik bo‘yicha fan xonalarini o‘rganish, tashkilotlarda bo‘lim va mutaxassislar faoliyatini o‘rganish;

2- kun

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda biriktirilgan fan o‘qituvchilari va guruh murabbiylari ish rejalarini o‘rganish, tashkilotdagi malakali mutaxassislar ish faoliyati rejalarini o‘rganish;

  2. Mutaxassislik bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar, malakali mutaxassislar bilan suhbatlashish, ularning darslarini va ish faoliyatlarini kuzatish;

3 – kun

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlardagi guruh(sinf) jurnallari, ishchi hujjatlarni yuritish qoidalarini o‘rganish;

  2. Darslarni, malakali mutaxassis ish faoliyatini kuzatish daftarini tutish;

  3. Darslarni, ish faoliyatini muhokama qilish va bayonnomalarni rasmiylashtirishni o‘rganish;

4 – kun

  1. Guruh murabbiylari, tashkilot malakali mutaxasislari ishi bilan yaqindan tanishish;

  2. Biriktirilgan sinf o’quvchilari, guruh talabalari bilan muloqot qilish;

  3. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar uslubiy birlashma ishi bilan tanishish;

5 – kun

  1. Fan to‘garaklari faoliyatini o‘rganish;

  2. Tajribali o‘qituvchilar darsini kuzatish, malakali mutaxassis ish faoliyati bilan tanishish;

  3. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha ma’ruza matni va o‘quv metodik majmualar bilan tanishish, tashkilotlardagi foydalanilayotgan dasturiy vositalarni o‘rganish;

6 – kun

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktab-internat, akademik litsey, kasb- hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar kutubxonalarida o‘quv adabiyotlari turlari bilan tanishish, tashkilot ish faoliyatini olib boradigan nizomlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish;

  2. Iqtidorli talaba va o‘quvchilar bilan suhbatlashish hamda ularning ro‘yxatini olish;

  3. Fan olimpiadalarini o‘tkazish Nizomlari bilan tanishish;

  4. Kuzatilgan darslarni tahlil qilish.

  5. Haftalik hisobot




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin