Dastur oynasi
1-расм.
Microsoft Excel 2000 – jadvalli protsessor, elektron jadvallarni yaratish va qayta ishlash uchun dastur. Microsoft Excel 2000 yorlig`ining ko`rinishi 1-rasmda keltirilgan.
Microsoft Excel jadvallar bilan ikki rejimda ishlashga imkon beradi:
-
Obichniy – ko`pchilik operatsiyalarni bajarish uchun eng qulay.
-
Razmetka stranits – jadvalni bosib chiqarishdan avval yakuniy formatlash uchun qulay. Sahifalar orasidagi chegaralar ushbu rejimda ko`k punktir chiziqlar bilan tasvirlanadi. Jadval chegaralari – tutash ko`k chiziq bilan ko`rsatilgan, uni tortib jadval kattaliklarini o`zgartirish mumkin.
Obichniy va Razmetka stranits rejimlari orasida o`tish uchun Vid menyusining tegishli punktlari qo`llanadi.
2-rasm. Microsoft Excel oynasi
M
3-расм
enyu
O
4-расм
yna sarlavhasi ostida menyu satri joylashgan, u orqali Microsoft Excel ning istalgan komandasini chaqirish mumkin. Menyuni ochish uchun sichqon bilan uning nomi ustida bosish lozim. SHundan so`ng ushbu menyuning eng ko`p ishlatiladigan komandalari paydo bo`ladi (3-rasm). Agar tugmasi bosilsa, menyuning pastki qismida mazkur menyuning barcha komandalari paydo bo`ladi (4-rasm).
Instrumentlar paneli
Menyu satri ostida rasmli tugmalardan tashkil topgan instrumentlar panellari joylashgan. Har tugmaga komanda mos keladi, ushbu tugmadagi rasm esa komandaga ma`no beradi. Ko`pchilik tugmalar menyuda bor bo`lgan eng ko`p ishlatiladigan komandalarni takrorlaydi. Tugma bilan bog`liq bo`lgan komandani chaqirish uchun ushbu tugmada sichqon bilan bosish zarur. Sichqon ko`rsatkichini tugmaga yo`naltirilsa, yonida komanda nomi bilan ramka paydo bo`ladi.
Odatda menyu satri ostida ikki instrumentlar panellari – Standartnaya va Formatirovanie joylashgan. Panelni ekranga chiqarish yoki olib tashlash uchun Vid menyusidagi Paneli instrumentov punktini tanlash, so`ngra kerakli panel nomiga bosish zarur. Agar panel’ ekranda bor bo`lsa, uning nomi yonida belgisi turadi.
A
5-расм
6-расм
garda panelda barcha komandalarni aks ettirish uchun joy etarli bo`lmasa, u holda oxirgi bo`lib ishlatilgan tugmalar chiqariladi. Agar panel oxiridagi tugmasi bosilsa, qolgan tugmalar paydo bo`ladi (5-rasm). Dobavit’ ili udalit’ knopki tugmasini bosishda menyu (6-rasm) paydo bo`ladi, unda panelga tugma kiritish yoki olib tashlash mumkin.
SHuningdek instrumentlar paneli tarkibini o`zgartirish uchun Servis menyusidan Nastroyka oynasidan foydalaniladi. Dialog oynasida Komandi vkladishini tanlash lozim. Kategorii ro`yxatida tugmalar guruhi tanlanadi, bundan so`ng K
7-расм
omandi ro`yxatida mazkur guruh tugmalari paydo bo`ladi. Instrumentlar paneliga tugma qo`shish uchun uni dialog oynasidan menyuning kerakli joyiga tortib o`tkazish lozim. Tugmani o`rnatish jarayoni Zakrit’ tugmasini bosish bilan yakunlanadi. Tugmani instrumentlar panelidan o`chirish uchun uni Nastroyka dialog oynasiga tortib o`tkazish zarur.
Instrumentlar panelini kontekstli menyu (7-rasm) yordamida boshqarish qulay, u istalgan tugma ustida sichqonning o`ng klavishasini bosishda chaqiriladi.
Microsoft Excel instrumentlar panellari ostida odatda formulalar satri joylashgan, oynaning pastki qismida esa – holat satri. Ushbu satrlarni chiqarish yoki olib tashlash uchun Vid menyusida tegishli punktlarni: Stroka formul (8-rasm) yoki Stroka sostoyaniya tanlang.
Ish kitobi
Microsoft Excel fayli ish kitobi deb ataladi. Ish kitobi nomlari (List1, List2, …) ish kitobi oynasining (2-rasm) pastki qismidagi yorliqlarda ko`rsatilgan ish varaqlaridan tashkil topgan. YOrliqlar bo`yicha bosib chiqillatib ish kitobi ichida varaqdan varaqqa o`tish mumkin. YOrliqlarni aylantirish uchun gorizontal koordinata lineykasidan chapdagi tugma ishlatiladi:
Ish kitobi 256 ustun va 65536 qatordan iborat bo`lgan jadvalni ifodalaydi. Ustunlar lotin harflari bilan ataladi, qatorlar esa – raqamlar bilan. Jadvalning har bir yacheykasi qator nomi va ustun nomidan tashkil topgan manzilga ega. Misol uchun, agar yacheyka F ustuni va 7 – qatorda joylashgan bo`lsa, uning manzili F7.
Jadval elementlarini ajratib ko`rsatish
Jadval yacheykalaridan biri doimo aktiv bo`ladi. Aktiv yacheyka ramka bilan ajratib ko`rsatiladi. YAcheykani aktiv qilish uchun kursorni boshqarish klavishalari bilan ramkani ushbu yacheykaga olib borish va unga sichqon bilan bosish zarur.
Bir necha qo`shni yacheykalarni ajratib ko`rsatish uchun sichqon ko`rsatkichini ushbu yacheykalarga o`rnatish va sichqonning chap tugmasini bosib, uni qo`yib yubormasdan ajratib belgilashni butun sohaga cho`zish lozim. Bir necha qo`shni yacheykalar guruhlarini ajratib belgilash uchun bitta guruhni belgilash, Ctrl klavishasini bosish va uni qo`yib yubormasdan boshqa yacheykalarni belgilab ajratish zarur.
Jadvalning butun ustuni yoki qatorini belgilab ko`rsatish uchun sichqon bilan uning nomida bosish darkor. Bir necha ustun yoki qatorlarni belgilab ko`rsatish uchun birinchi ustun yoki qator nomida bosish va belgilashni butun sohaga cho`zib kengaytirish lozim.
Bir necha varaqlarni belgilab ajratish uchun Ctrl klavishasini bosish va uni qo`yib yubormasdan varaqlar yorliqlarida bosish kerak.
8-rasm
Dostları ilə paylaş: |