Zbekiston respublikasi oliy va


XULOSA .....................................................................................................................48



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə2/18
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#130037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Informatika o’qitishda gra

XULOSA .....................................................................................................................48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..…….............49
KIRISH
Mamlakatimiz pedagoglarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis – komil shaxsni tarbiyalashdan iborat. Fan o’qituvchilari o’z oldilariga talabalarning ilmiy dunyoqarashi shakllantirish masalasini qo’yganlar, talabalardan esa bilimlarini o’zlashtirishda ijodiy yondashuv talab qilinmoqda.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotga mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasida ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.[11]
Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Informatika» fani o‘qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:

  • talabalarning mustaqil bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o‘rni va ahamiyatini oshirish;

  • mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish;

  • talabalarning faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metod va shakllarni qo‘llash;

  • ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.

Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim olishiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O‘qish jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin