Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 48,97 Kb.
səhifə3/5
tarix02.06.2023
ölçüsü48,97 Kb.
#127536
1   2   3   4   5
Manzilli shina. Berilganlar bu shinada tezkor xotiraning
yacheykalari manzili kabi yuboriladi. Aynan shu shinadan protsessor bajarilishi kerak bo`lgan buyruqlar manzilini o`qiydi. Zamonaviy protsessorlarda manzilli shinalar 32 raziryadlidir, ya’ni u 32 ta parallel simlardan tashkil topgan.
Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi ko`chiriladi va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi 64 raziryadlidir.
Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor xotiradan keladi. Buyruqlar baytlar ko`rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir baytga joylashtiriladi, lekin shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch va undan ortiq baytlar kerak bo`ladi. Ko`pchilik zamonaviy protsessorlar 32 razryadli buyruq shinalarga ega.
Sistema blokidagi shinalar faqat protsessor bilan bog`lanish uchungina ishlatilmaydi. Sistema blokining barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga unga ulangan qurilmalar bir - birlari bilan o`zaro shinalar yordamida bog`langan.


Tashqi xotira shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilqan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni o`zda jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi – bu axborotni o`zida saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar ikki xil bo`ladi: lentali va diskli. Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli, magnitooptik va optik bo`ladi.
Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo`linadi: qattiq disklar, egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar.

Yüklə 48,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin