Ўзбекистон республикаси соғЛИҚНИ


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə3/20
tarix13.04.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#125279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi

“Elektrotexnika va energotexnologiya” fani muxandislik fanlar majmuasiga taaluqli bulib talabalar uni V va VI semestrlarda o‘zlashtiriladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida asosiy jarayonlarni qonuniyatlarini o‘rganishi va qurilmalarni hisoblash usullarini tuzishda kimyo, fizika, fizik-kimyo fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.




Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Hozirgi kunda zamonaviy kimyo, farmatsevtika va boshqa sanoatlar fizik kimyoviy xossalari tubdan farq qiladigan xom ashyolarni qayta ishlashda xilma-xil texnologik jarayonlar va eng asosiysi uskunalardan foydalaniladi. SHuning uchun kimyo farmatsevtika sanoatiga alohida talablar qo‘yiladi. “Elektrotexnika va energotexnologiya” fani bakalavr-muxandis-texnologlar uchun asosiy, fundamental fan bo‘lib, u dori vositalari va biologik substansiyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishdagi barcha texnologik jarayonlarning energetik nuqtai nazaridan nazariy asoslarini o‘rgatadi va eng optimal texnologiyalarni va energiyani tejaydigan moslamalar bilan loyihalashtirish uchun zamin yaratadi.




Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

“Elektrotexnika va energotexnologiya” fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish hamda yangi informatsion-pedogogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalari: eng oxirigi, yangi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi asbob-uskunalar va apparatlarning tayyor dori turlarini laboratoriya sharoitida tayyorlanish texnologiyasidagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlar mos ravishdagi ilg‘or pedogogik texnologiyalariga ("blits-so‘rov", "stol ustidagi ruchka", "kaynoq kartoshka", "sen menga - men senga", "aqliy hujum" va boshqalar) asosan olib boriladi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llashda fanni o‘zlashtirish uchun omil bo‘ladigan zamonaviy axborot texnologiyalarning ahamiyati va o‘rni ochib beriladi. Jumladan, pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik vositalardan keng foydalanish zarur. O‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish lozim.
Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo‘ladigan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mexanizmlari ko‘rsatiladi. Dars jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalardan (“Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig‘ich” texnologiyasi va boshqalar) tanlab olish imkoniyatidan foydalanish kerak. Bundan tashqari pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash (Test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko‘nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish) maqsadga muvofiq
Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan fanga oid o‘quv majmualar beriladi.
“Elektrotexnika va energotexnologiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin