Maqsad va vazifalari. Argentina misolida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Uning vazifalari esa quyidagilar:
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi olimlarning qarashlarini tahlil qilish;
Nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish;
Argentinada davlat aralashuvini “case study” usuli orqali tahlil qilish;
Tahlillardan xulosa chiqarish.
Obyekt va predmetlari.Kurs ishining obyekti davlatning ma’muriy va iqtisodiy siyosatlari bo`lsa, predmeti esa davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi rolidir.
Adabiyotlar tahlili. Adam Smit o`zining asarida davlatning iqtisodiyotdagi rolini minimallashtirgan holda raqobatning qo`llab-quvvatlanishining ahamiyatini tahlil qilgan. Keyns talabga ta`sir etgan holda davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solinishining iqtisodiy rivojlanish bilan bog`liqligini o`rgangan. Fridmen monetar siyosatning davlatni iqtisodiyotga ta’siridagi tutgan rolini o`rgangan. Bundan tashqari Marks, Xayek va Veblen kabi olimlar bu borada izlanishlar olib borgan.