Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Davlat siyosatlarining samarali ishlashini ta’minlash, ularning raqobat muhitiga haddan tashqari ortiqcha ta’sir etishiga yo’l qo’ymaslik, shu bilan bir qatorda davlat siyosatlari orqali iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlash muhim ahamiyatli hisoblanadi. Mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi rolini minimallashtirish hamda uning iqtisodiy siyosatlari samaradorligini oshirish oldinga qo’yilgan asosiy vazifalardan sanaladi. Bu orqali xususiy sektorni rivojlantirish, qulay raqobat, biznes va investitsion muhitni shakllantirish mumkin bo`ladi; davlatning iqtisodiy muhitga salbiy ta’sirini minimallashtirgan holda iqtisodiy davrlarni tartibga solishga erishiladi. Bunda mamlakatimiz hukumati o’zining fundamental vazifalarini anglagan holda ularga mos ish ko`rishi, iqtisodiyotda faol xususiy investitsion muhitni qo`llab-quvvatlashi, bizneslar uchun adolatli qonuniy bazani yaratishi va unga qat’iy amal qilishi lozim. Bu borada chuqur islohotlar, chora-tadbirlar (masalan, davlat mulkini xususiylashtirish) olib borilmoqda. Ushbu shart-sharoitlarni hisobga olib, davlatning iqtisodiyotdagi rolini faol rivojlanayotgan davlatlar tajribalari misolida tahlil qilish, ularning kamchilik va ustun tomonlarini aniqlash va shularni hisobga olib xulosa va takliflar chiqarishimiz zarur.