*zbekiston respublikasi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/47
tarix15.10.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#130247
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
zbekiston respublikasi

IKKINChI BO’LIM 
ShAXS 
 
V BOB 
ShAXS TO’G’RISIDA UMUMIY TUShUNChA 
 
1. Umumiy tushuncha 
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ 
ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkashollik) 
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-shushi joyida) 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb 
atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy 
munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi.
Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida 
keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy 
xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar 
tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy 
shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy 
munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila 


a'zolari, mashalla ashli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh 
ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi 
rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining 
xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar 
majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab 
turadigan shaxsni ijtimoiy mushitning sust mashsuli deb tushuntirish va unda 
faollikni inkor etish o’ta bashsli fikrdir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, 
shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga 
oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan 
munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik 
shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy 
ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik 
shaxsning atrof-mushitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'i-harakatlarda vujudga 
keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni 
o’zlashtirishda, shayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi. 
Bir xil turmush haroitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda 
har xil shayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. shayotda biron bir 
tanbesh berishning o’zi kimgadir ruhiy shisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi 
qo’zg’atuvchilar ijtimoiy hart-haroitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari 
(tomonlari, jishatlari, jabshalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi 
evaziga shaxs degan tushuncha shosil bo’ladi. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jishatlaridan biri - bu uning 
individualligidir, ya'ni yakkasholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy 
psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga 
xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, shukmron 
xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, 
iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik 
xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud 
emas.
Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa 
shayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab 
voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izoshlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-
qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta'lim va 
tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jishatlari bilan yaqqol, 
betakror oliy zotdir. 
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnahar ekan, ko’pincha, ularda 
har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro shech bir o’xhamagan rollarni 
ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning "egovi", injiq, "Zo’ravon" bola o’z 
tengqurlari davrasida eshtiyotkorona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha 
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat 
vaqtida boshqalarga 
qo’shilmaydigan sayoshat davrida, mehnat faoliyatida, shahar va hamkorlikda, 
ulfatchilikda shazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan 
masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jishatdan bir-biriga 
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat shollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, 


haroitlarga mos, ularga mutanosib bo’lgan jishatlarni (jabshalarni) namoyon qiladi, 
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu 
singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki 
o’zaro hamoshang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, 
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri 
bo’lib, undagi 
qarama-qarshilik, 
ziddiyat 
va 
shakllanib 
ulgirmagan 
xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning 
o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi shisoblanadi. 
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan 
vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p 
ma'no, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat'i nazar, inson shaxsiga to’la 
mos keladigan shaqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan 
tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining 
individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning 
ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini 
o’rganish orqali beriladi. o’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif 
uning asosida gumanistik, mustaqil, shuquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan 
va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. 
Jahon 
psixologiya 
fanining 
ilg’or 
taraqqiyparvar, 
gumanistik 
tadqiqotchilarning tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, 
psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy 
sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste'dod darajalari, barqaror qiziqishlari, shukmron 
motivlari, shissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, 
aloshida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z 
navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat'iyligi, stereotipligi 
to’g’risidagi fikrni qat'iy tasdiqlashga imkon yaratadi. 
Psixik holatlar, hodisalar (shissiyot, xoshish, orzu, tafakkur va shu kabilar) 
uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, shayotiy vaziyatlarda odam 
o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib 
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta'sir asosida) muayyan 
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan 
uning yashash haroitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda 
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy 
bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki 
shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator 
tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash mushiti, amalga 
oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi shisoblanib, ular ijtimoiy ta'sir, tarbiya
haroitiga bevosita aloqadordir. 
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari 
inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan tarkib topuvchi murakkab 
birlikdan iboratdir. Odatda shaxsni psixologik jishatdan o’rganish o’z tarkibiga 
ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin