O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI YOSHLAR ISHLARI ACENTLICI DIREKTORININC BUYRUG‘1
01-10/221 _^пп ?q23 -yj| 31 _ oktabr Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi boMimiga о ‘qishga
qabul qilingan eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining
kontrakt to‘lovlarini to‘lab berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 7-iyuldagi 02-PA 1-11011-sonli yig‘ilish bayonining 20-bandi hamda Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2022-yil 25-avgustdagi 01-10/264-sonli buyrug4iga muvofiq BUYURAMAN: Oliy ta ’lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt toMovlarini to4 lab berish bo‘yicha talabgorlami tanlab olish komissiyasining (keyingi о ‘rinlarda - Komissiya) 2023-yil 20-oktabrdagi 01-18/07-son yig‘ilish bayoni bilan oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga о4qishga qabul qilingan, kontrakt to‘lovlari to4 lab beriladigan mahalladagi yoshlar yetakchilarining ro4yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Komissiyaning 2023-yil 20-oktabrdagi 01-18/07-son yig4ilish bayoni bilan tasdiqlangan ro‘yxati asosida Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga o4qishga qabul qilingan eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlari ilovaga muvofiq to‘lab berilsin.
Yoshlar ishlari agentligi:
Moliya-iqtisod bo4limi (J.Rasulov)ga oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to4lovlarini to‘lab berish bo‘yicha tegishli mablag‘lami ilovaga muvofiq hududiy yoshlar ishlari boshqarmalari hisobraqamlariga o4tkazish; Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik ta’minlash bo‘limi (J.Choriyev)ga hududiy yoshlar ishlari boshqarmalari bilan birgalikda mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlarini to‘lab berilishini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilsin. Hududiy yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari ikki ish kunida mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to4lovlarini to‘lab berib, ulaming oliy
ta’lim muassasalardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ish faoliyati samaradorligi natij alari bo‘yicha har chorakda Agentlik markaziy apparatiga axborot kiritib borsin.
Belgilansinki, Komissiyaning 2023-yil 20-oktabrdagi 01-18/07-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan mahalladagi yoshlar yetakchilarining joriy o‘quv yilining 2-semestri uchun kontrakt summasi qolgan 50 foizi quyidagi tartibda qoplanadi:
Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik ta’minlash bo‘limi tomonidan 2024-yil 15-fevralga qadar mahalladagi yoshlar yetakchisi egallab turgan lavozimidan ozod etilmagani, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mahalladagi yoshlar yetakchilarining o‘qishdan chetlashtirilmagani yoki akademik ta’tilga chiqmagani haqidagi ma’lumoti asosida Agentlik direktori nomiga bildirgi tayyorlanadi; bildirgiga Agentlik direktorining munosabat belgisi asosida Moliya-iqtisod bo‘limi tomonidan ikki ish kunida kontrakt summasining qolgan 50 foizi hududiy yoshlar ishlari boshqarmalarining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Bunda, egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, o‘qishdan chetlatilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlarini qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi; hududiy yoshlar ishlari boshqarmasi kelib tushgan mablag‘lar hisobidan ikki ish kunida mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovi qolgan 50 foizini mahalladagi yoshlar yetakchilari sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan oliy ta’lim muassasalarining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.