3. Zararli moddalarning yo’l qo’ysa bo’ladigan konsentrasiyasi (YQBK).
Ishlab chiqarish sexlari havosidagi zararli moddalarning yo’l qo’ysa bo’ladigan konsentrasiyasi Gost da belgilangan. YQBK chang tarkibidagi zarali moddalarning miqdoriga bog’liq. Masalan, sanitar nomiada ko’rsatilganidek, O’simlik va hayvonot tolalaridan ajralib chiqadigan changlar uchun YQBK, chang tarkibidagi kremnezem SiO2 ga bog’liq. Masalan:
Agar SiO2 ning miqdori chang tarkibida 10% dan ko’p bo’lsa, YQBK - 2 mg/m3; agar SiO2 ning miqdori chang tarkibida 2 dan 10% gacha bo’lsa YQBK - 4 mg/m3; agar SiO2 ning miqdori chang tarkibida 2% dan kam bo’lsa YQBK - 6 mg/m3 bo’ladi.
Zararli moddalarning YQBK turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Bizda hozir 700 ga yaqin zararli moddalarga YQBK ishlab chiqilgan. AQSh da 630 tacha.
Dostları ilə paylaş: |