MAVZU: BOSIM OSTIDA ISHLAYDIGAN MASHINA VA UKUNALARNI AVARIYADAN OGOHLANTIRISH.
Muammo: eng ko’p portlash vaqtida jarohatlanish va O’lim hollari bosim ostida ishlaydigan mashinalarda sodir bo’ladi. Shuning uchun ularning oldini olish muhimdir.
Ma’ruza rejasi:
1. Qisqacha ma’lumot.
2. Bosim ostida ishlaydigan idish va apparatlar.
3. Gidravlik sinov.
4. Monometrlar haqida tushuncha.
5. Yuk ko’tarish va tashish uskunalarini xavfsiz ishlatish.
6. Statik va dinamik sinovlar.
1. Qisqacha ma’lumot.
Jumhuriyatimizda 35 ming kishi og’ir qo’l mehnati bilan band. 5 ming ish joyi sanitariya talablariga javob bermaydi. DavlattoQ nazorati ostida 8500 obyekt ishlab turibdi. Ma’lumki, bu tashkilot eng xavfli mashinalar va uskunalar ustidan nazorat olib boradi. O’zbekistonda O’rta hisobda yiliga 7 ming atrofida jarohat sodir bo’ladi. Bularning ko’pchiligi Gostexnadzor ostidagi uskuna va mashinlarda sodir bo’ladi. Bu jarohatlarning asosiy sabablari mehnat muhofazasi tadbirlariga loqaydlik bilan qarash va instruksiyalarni yaxshi bilmaslikdir.
DavlattoQ nazorati sistemasida har yili 10-12 ming injener-texnik xodimlar imtihon qilinadilar, lekin ularning 500-600 nafari muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar.
Kon sanoatida bitta O’lim hodisasi 10 ming sHmga tushar ekan (3-4 kun taftish qilishga, 3-4 kun brigada a’zolarining qo’li ishga bormaydi va h.k., xullas bir hafta - Hn kun korxona mahsulot topshirmaydi). Sosial zararni esa qHyaberasiz. Bu oilaga, bola-chaqasiga, qarindosh-uruQlariga keltirgan kulfatni, ular yo’qotgan sog’liqlarni hisoblashning iloji yo’q.
Toshkentdagi yoQ-moy kombinatida (1988) portlash sodir bo’lgan. Ikki ishchiga sisternaning ichini bHyash haqida topshiriq berilgan. Ular bHyab turgan vaqtda topshiriq bergan boshliq kelib ularga sigareta tutadi va alangan beradi. Natijada sisterna ichida nitrokraskadan ajralib chiqayotgan va yiQilib qolgan gaz portlaydi. Ikki kishi Hsha zahoti va bir kishi keyinroq Hladi. Bu voqyea sex boshliQining xavfsizlik texnikasining elementar qoidalarini bilmasligidan darak beradi. Baxtga qarshi bunday hollar juda ko’p.
Dostları ilə paylaş: |