1. Qisqacha ma’lumot.
Ma’lumki, O’z. Respublikasida O’rta hisobda har 4-5 minutda bir yong’in bo’lib turadi. Yong’in tufayli har kuni 23 odam, shulardan 4-5 yosh bolalar halok bo’ladilar va 27 kishi jarohatlanadi. Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizda yong’inlar soni 42% va ulardan kHrilgan moddiy zarar 2,5 marta ortganligi ma’lum. Odamlar O’limi 2,9 marta ortgan. O’rta hisobda har kuni 400 yong’in bo’lishi qayd qilingan. Ko’p hollarda yong’in yosh bolalarning olov bilan O’ynashi yoki kattalarning mast holatlarida yuz beradi. Masalan, 1987 yili yong’indan mast holda 4 ming shundan 500 yosh bolalar halok bo’lgan.
Oxirgi 4 yil ichida AQSh da yong’inlar soni ortganligi qayd qilinadi. Yiliga 3 mln. yong’in. Bizda 150 ming (faqat yiriklari). Yiriklariga moddiy zarari 50 mingdan ziyodlari kiradi.
O’zbekistonda eng ko’p yong’in hodisalari Samarqand, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridadir. Ayniqsa savdo sohasida yong’inlar serob.
1986 yil Urgut tamaki fabrikasi butkul yonib ketdi. U davlatga 1 mln 876 ming sHm zarar keltirdi. Sabablari qidirilganda direktor, bosh injener yong’in xavfsizligining elementar qoidalarini ham bilmasliklari aniqlandi.
Yong’inlar xalq xHjaligiga katta moddiy zarar yetkazadilar va bundan tashqari baxtsiz hodisalar bilan bog’liqdir. Bu bizni yong’in xavfsizligi choralarini mehnat muhofazasi tadbirlari bilan boQlangan holda O’rganishimizni taqozo qiladi.
Yong’in sanoqli daqiqalarda yuzlab va minglab kishilarning mehnatini yo’q qilib yuborishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun bino va mashina-uskunalar, xom ashyo, tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarni yong’indan saqlash barcha grajdanlarning burchidir va umudavlat miqiyosda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |