¤збекистон респуликаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги


Avtomatlashgan O’t O’chirish vositalari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə77/79
tarix31.12.2021
ölçüsü0,6 Mb.
#111397
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Hayot faoliyati lotin

10. Avtomatlashgan O’t O’chirish vositalari.

Bularga sprinkler va drencher sistemalari kiradi. Bular O’t O’chirishning stasionar vositalari bo’lib, kishining ishtirokisiz boshlanQich yong’inlarni Hchiradi Ular binolarning ichki qismida hamda binolar orasiga Hrnatiladi. O’t Hchiruvchi vosita turiga qarab suv bilanYu ko’pik bilan, kukun bilan va Bug’ bilan ishlaydi.

Sprinkler uskunalari.

SNiP bo’yicha (Qurilish norma va qoidalari), sprinkler uskunalari rekosntruksiya qilinayotgan yoki yangi qurilayotgan to’qimachilik korxonalarining xom ashyo va tayyor mahsulot omborlarida, yigiruvch fabrikalarining titish savash sexlarida hamda changli havoni tozalovchi filtrlar joylashgan xonalarda Hrnatiladi. Chunki bu sexlarda yonuvchan material ko’p, mashinalar esa kam. Sprinkler uskunasida O’t O’chirish quyidagicha bo’ladi: sexning shipiga ichida bosim ostida suv bo’lgan quvurlar Hrnatiladi. Bu quvurlarga masofalarda sprinkler kallaklari Hrnatiladi. Har bir kallak 12 m2 joyga mHljallanadi. Sexda yong’in chiqishi bilan havo harorati oshib issiq sprinkler kallagining yengil eruvchi metalldan yasalgan qulfini eritib yuboradi va yo’li yechilgan suv quvurdan bosim ostida yong’in tepasiga qHyila boshlaydi. Bunda bosim Rq4 atm. bo’ladi.

Sprinkler kallagining sxemasi.

1-Bronzadan yasalgan korpus (zanglamas-ligi uchun).

2-Rama.

3-Diafragma.

4-Tiqin (suvni berkitib turadi).

5-Rozetka (suvni yoyib tushirish uchun).

6-Yengil eruvchi metalldan yasalgan qulf.

Drencher uskunalari.

Ular binolarni tashqi tomonidan yong’in boshqa yaqin joylashgan binolarga, yoki boshqa sexlarga O’tib ketmasligi uchun qo’llanadi.

Drencher kallagining sxemasi.


Drencher kallagi sprinkler kallagidan suv yo’li ochiqligi va tez erib tushib ketuvchi qismi-qulfi yo’qligi bilan farq qiladi. Drencher sistemsida suv bo’lmaydi. Suv yoki ko’pik ishga tushirilgan paytdagina yuboriladi. Yong’in paydo bo’lganda ventil ochilib quvurlardan drencher kallagiga suv yoki ko’pik keladi va qator turgan kallaklardan dush shaklida quyila boshlaydi. U suv pardasi hosil qiladi va yong’inni boshqa qHshni binolarga O’tkazmaydi.

Ximiyaviy ko’pik bilan O’t O’chirish qurilmasi.

Yengil yonuvchan suyuqliklar omboriga ko’pik generatorlari Hrnatish maqsadga muvofiqdir. Ko’pik bu uskunada kukun (natriy bikarbonati bilan alyumin oltingugurti aralashmasi) bilan suv aralashmasiorqali hosil bo’ladi. 1 kg ko’pik kukuni va 10 l suvdan 40-60 l ko’pik olinadi. Ko’pik yonib turgan suyuqlik yuzasiga tushganda uni yonish zonasini qoplab oladi va uni havodan ixotaaydi. Ya’ni undan ajralib chiqayotgan yonuvchan Bug’lar yana qaytib alangaga kelolmaydi. Bug’lanish jarayonini tHxtatish bilan birga, yonayotgan suyuqlikning qizigan yuzasini sovutadi.

Yong’in paytida rezervuarlarning O’ziga O’rnatilgan stasionar uskunalar, kHchma ko’pik kO’tarib beruvchi vertikal yoki itqitib tushiriladigan uskunalar qo’llanadi.

Karbonat angidrid bilan O’t O’chirish.

Karbonat angidrid (SO2) gazini O’t O’chirish maqsadida stasionar uskunalarda ham qo’llanadi. Avtomatik ravishda ishlaydigan karbonat angidridli stasionar uskunalar batareyaga birlashtirilgan bir qator ballonlardan, datchiklar, yurgizib yuboruvchi uskunadan va birlashtiruvchi ingichka quvurlardan tashkil topgan. Karbonat angidrid bilan O’t O’chirishda ballonlar bilan Hchiriluvchi obyekt orasidagi masofa gorizontal bo’yicha 50 m dan, vertikal bo’yicha 30 m dan kam bHlmasligi kerak.

Bug’ bilan O’chirish.

Bug’ bilan O’chirish yopiq xonalarda, ayniqsa yengil yonuvchan suyuqliklar yonganda qo’llanadi. Yonayotgan yopiq xonalarga 25% miqdorda Bug’ kiritilsa, yonayotgan yuzalarning haroratini pasaytiradi va havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi, bular yong’inning Hchishiga sabab bo’ladi.

Bug’ bilan O’chirish uskunalarini loyihalash paytida ularni burab ochib yuboradigan jumraklarini xonadan tashqarida ko’rinib turgan yerga Hrnatiladi. Bug’ bilan O’t O’chirish O’z Bug’ qozoni bor korxonalarda ko’proq qo’llanadi.




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin