HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGINING NAZARIY ASOSLARI
Ma’ruza rejasi:
1. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining ahamiyati va uning tarkibi.
2. Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi.
3. Faoliyat jarayoni modeli.
4. Xavflar, yashirin va maishiy xavflar.
5. Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o’zaro bog’liq masalasi.
1. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining ahamiyati va uning tarkibi.
1990 yil 9 iyulda O’zbekistonda ta’limga “Mehnat muhofazasi va grajdan mudofaasi” fani o’rniga “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fani kiritilgan.
HFX fanining diqqat markazida qo’yilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan, fuqarolar himoyasi va favqulotdagi ahvoli bilan qiziqadi. HFX - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma aktiv harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda inson - tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf-xatarlar (risk) natijasida juda ko’p insonlar hayotdan ko’z yumadilar. Masalan, Armanistondagi Togli Qorabog’ o’lkasidagi kuchli yer qimirlashi, Chernobil AES halokati, Jigariston va Xumsondagi yer siljishi, Rossiyaning Admiral Naximov paraxodi va “Kurs” suv osti kemasining cho’kishi, Temir yo’llardagi portlashlar, teroristik xarakatlar va h.k. Shuning natijasida ko’plab insonlar xalok bo’lmoqdalar, nogironga aylanayaptilar va kasallanmoqdalar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42 sessiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bexatarlik yilligi deb belgilandi.
HFX - qonunga muvofiq, prinsip va usullar asosida: baxtsiz hodisalar, qurbonlar va ular natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarini keng miqiyosda qo’yadigan va hal qiladigan fandir. HFX - bu har qanday ko’rinishda faoliyatga qo’llanishi mumkin bo’lgan xavfsizlikning nazariy asosidir.
Tarkibi bo’yicha Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) 4 qismdan iborat:
1. HFX ning nazariy asoslari.
2. HFX ni ishlab chiqarish jarayonida mehnat mudofaasi.
3. HFX ning tabiat aspektlari.
4. HFX - grajdanlik mudofaasi va favqulotdagi holat sharoitida.
Dostları ilə paylaş: |