2. Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi
Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) tushunchasida ko’p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanadi.
Faoliyat - insonning jamiyatda mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat - faolliyatning yuqori shakli.
Faylasuflarning fikricha insonning ta’rifi - harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.
Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo’lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o’z ichiga oladi.
3. Faoliyat jarayoni modeli.
Faoliyat jarayoni modeli ikki eyelementdan, ya’ni inson va muhit orasidagi to’g’ri va teskari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Teskari munosabatlar moddiy dunyoning qarama-qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. “Inson-muhit” sistemasi ikki maqsadli bo’ladi: 1) Aniq bir natijaga erishish, 2) Ko’ngilsiz hodisalarni chiqarib tashlash (inson sog’ligiga va hayotiga ziyon, yong’inlar va falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga O’xshash hodisalar oqibatida kelib chiqadigan natijaga XAVF deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |