MAVZU: KORXONALARI HOVLISINI OBODONLASHTIRISH. USKUNALARNI JOYLASHTIRISH. ERGONOMIKA ELEMENTLARI. XAVFSIZLIK BELGILARI.
Muammo: mexnatsharoitlari yaxshilash. Jaroxatlarni oldini olish.
Ma’ruza rejasi.
1. Qurilish uchun joy tanlash.
2. Shamol guldastasining yo’nalishini ko’rsatuvchi tasvir.
3. Territoriyani zonlash.
4. Yo’llar va yo’lkalar.
5. Uskunalarni joylashtirish.
6. Ish joyini tashkil qilish va ergonomika elementlari.
7. Texnik estetika.
1. Qurilish uchun joy tanlash.
Yangi korxona uchun joy tanlashda quidagi prinsiplarga amal qilish kerak:
1. Yerning relyefi.
2. Suv ta’minoti.
3. Oqava suvlarni tashlab yuborish.
Yangi qurilayetgan korxona uchun yer uchastkasi ajratishda qurilish maydonining relyefi, gidrogeologik va geologik xarakteristikasi, seysmikligi xisobga olinadi. Yer osti suvlari qasi chukurlikda O’tgani xam xisobiga olinadi. Ularning satxi, eng chuqurda joylashgan injenerlik inshootlaridan xam pastda bo’lishi kerak. U yer tekis, keskin kiyaliklardan xoli bo’lishi kerak.
Korxona xovlisi sanitariya talablariga javob berishi kerak, ya’ni atmosfera suvlarining chiqib ketishi, tabiiy ravishda shamollatish havoni, suvni va tuproqni ifloslantirishning oldini imkoni bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |