5. Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o’zaro bog’liq masalasi
HFX - uchta o’zaro bog’liq masalani hal etadi:
1. Xavflarni birday (umumlashtirish) deb hisoblash, ya’ni ularning qiyofasini bilib olib koordinati va miqdoriy xususiyatini ko’rsatish.
2. Zarari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish.
3. Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy xavflarni yo’qotish (xavfning qoldiq deformasiyasidan kelib chiqqan).
HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko’p ulug’ allomalar shug’ukllanib kelishgan. Gippokrat 460:377 eramizdan avval Aristotel, e.a. 384-322, nemis tabib olimi va muhandisi Atrikola 1494-1555 yi. o’zini ishini mehnat muhofazasini tog’ konlari uchun yozgan, italyan tabibi Ramasinni (1633-1714) tozalik gigiyenasiga asos solgan. M.V. Lomonosov (1711-1765) yillarda tog’ konlarida mehnat mudofaasi to’g’risida monografiya yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan, bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), Press A.A. (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855-1918), Leviskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy A.A. (1874-1960), Kaplun (1897-1943) va boshqalar.
Ulug’ o’zbek hakimi Abu Ali Ibn Sino o’z ishlari bilan (980-1087) bunday 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Texnosferani rivojlanishida xavfsizlik muammosi rivojlanishida akad. Legasov V.A. o’z ilmiy ishlariga bag’ishlangan. HFX - o’z nazariya, metodolgiya, ussullariga ega. Shunga qaramay HFX - muxandislik ruhiy holatiga (psixologiyasiga), inson fiziologiyasiga, mehnat muhofazasiga, ekologiya, ergonomika, iqtisodiy va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. HFX ning metodologik asosi - bu tartibiy tahlildir. Texnika va sanoatning yuqori taraqqiy etgan hozirgi davrda HFX ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Xavfsizlik masalalari yana ham keskinlashib ketdi, shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kerak. Bu HFX ning vazifasi va maqsadi. HFX - jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning xavfsizlik faoliyati darajasini ko’tarishda hissa qo’shishda muhis sosial rol o’ynashga da’vat etadi. HFX fanini o’rganmay odamlar umumiy inson huquqlarida aytilgan hayot, erkinlik, mehnat, shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi . (Faoliyat xavfsizligi).
Dostları ilə paylaş: |