5. Yuk ko’tarish va tashish uskunalarini xavfsiz ishlatish.
To’qimachilik korxonalarida asosiy va yordamchi ishlarni mexanizasiyalash xavfsiz ish sharoitlari yaratishda, yuqori mehnat unumdorligiga va mahsulot sifatini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Og’ir qo’l mehnatini mexanizasiyalashda xavfsizlikning barcha shartlarini bajarish talab etiladi, chunki ishlab chiqarishdagi jarohatlarni analiz qilish ularning 20-25% yuk ko’tarish, tashish og’ir va qiyin ishlarni bajarish paytida rHy berishini ko’rsatadi.
Paxta toylarini, og’ir Bug’cha va mashinalarni sozlash vaqtida og’ir qismlarini ko’tarish va tashish yuk ko’tarish mexanizmlaining konstruksiyasiga bog’liq. Ular quyidagi hollarga bo’lishi mumkin:
1. Arqon yoki zanjirlarga boQlab ko’tariladigan. 2. Qisqichli kO’targich. 3. Elektrotelferlar. 4. Yuk ko’tarish kranlari. 5. Yuk liftlari.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida balandligi 2 m dan ortiq joylarda Gosgortexnadzorning barcha talablari bajarilishi kerak. Yuk ko’tarish mashinalarini Gosgortexnadzor organlarida qayd qilingach va texnik kHrikdan O’tgachgina ishlatish mumkin.
Texnik kHriklar ikki xil, ya’ni to’liq, kamida 3 yilda bir marta va qisman - har Hn ikki oyda bir marta.
To’liq texnik kHrikda yuk ko’tarish mashinalari tekshirish, statik va dinamik sinovlardan O’tkaziladi. Qisman texnik kHrikda statik va dinamik sinov O’tqazilmaydi.
Tekshirish vaqtida barcha mexanizm va elektr qismlari, xavfsizlikni ta’minlovchi asboblar, tormozlar, boshqarish apparatlari, yoritgichlar va signal beruvchi asboblarning ishi kHrib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |