Boltali tutqichlar. Parmalash dastgohlari stolining T shakldagi o’yiqlariga qisuvchi kvadrat boltlar o’rnatiladi. Boltga siqqich planka kiygizilganda, uning bir tomoni zagotovkani, bosib turadi. Tutqichlar har xil shakl va o’lchamlarda yasaladi.
Parmalash dastgohda ish boshlashdan oldin dastgohning erga ulanganligini tekshirish, stolni tozalash, dastgohni salt ishlatib, sozligini tekshirib ko’rish kerak.
Reja bo’yicha parmalash yakka teshiklarni ochishda qo’llaniladi. Avval, detalga uk belgi chiziklari, so’ngra bo’lajak teshikning konturini belgilovchi doiraviy, nazorat chiziq chiziladi: aylanalarga va markaz teshiklariga kern uriladi.
Yopiq teshiklar parmalashning ikki usuli bor.
1-usul. Parmani zagotovka yuzasiga tekkunga qadar yakinlashtiriladi va kesuvchi qismining kattaligiga monand chuqurlikda parmalanadi. Vtulkali tirgak zagotovkaning yuzasiga etganida, unda belgilangan chuqurlikda teshik parmalanadi.
2-usul. Zagotovkani dastgoh stoliga o’rnatiladi va mahkamlanadi, zagotovka yuzasiga parmani ko’ndalang kesuvchi qirrasi bilan tekkuniga qadar yaqinlashtiriladi.
To’lik bo’lmagan (yarim) teshiklarni parmalash uchun zagotovkaning chetiga xuddi shu materialdan yasalgan plastinani jipslashtirib butun teshik parmalanadi.
Bir-birlariga nisbatan burchak hosil qilgan tekisliklarga teshik parmalashda tsilindrsimon sirtda kernlash uchun maydoncha hosil qilib, oddiy usulda teshik parmalanadi.
Ichi bo’sh detallarga teshik parmalash uchun detal bo’shlig’ini yog’och tiqin bilan to’ldirish kerak.
Aniq teshiklar parmalashga parmaning ikki yo’lida erishish mumkin. Avval detalning teshigidan 1-3 mm.dan kamroq bo’lgan, keyin teshikning o’lchamiga mos bo’lgan parma bilan parmalanadi.
Chuqur teshiklarni parmalash. Chuqur teshik deganda parmaning diametridan 5 mm va undan ortiq chuqurlikdagi teshikni tushinish lozim. Chuqur teshik parmalashda kesuvchi asbobni teshikdan bir necha bor chiqarib, ariqchalarida yig’ilib qolgan qirindilarni tozalanadi.
Quyish, shtampovkalash va boshqa usulda tayyorlangan detallardagi tsilindrsimon yoki konussimon teshiklarga ishlov berish operatsiyasini zenkerlash deb ataladi.
Zenkerlarni parma kabi dastgoh shpindelining konus teshigiga o’rnatiladi. U o’q atrofida aylanma, o’q bo’ylab esa ilgarilanma harakat qiladi. Tashqi ko’rinishidan parmani eslatsada, ammo uning kesuvchi qirralari va spiral ariqchalari ko’proq.
Zenker metallni kesadi, yo’naltiruvchi esa zenkerni teshikka yo’naltiradi. Yo’naltiruvchi qismdagi raxlar ishqalanishni kamaytirishga, kesishni osonlashtirishga xizmat qiladi. Zenkerning tishi oldingi sirt, qirralar, o’zak, orqa sirt, tasmachadan iborat.
Adabiyotlar
1. N.Makienko, A.Umronxujaev «Chilangarlik», Toshkent, «Mexnat», 2003 y. 2. J.Ramazov va boshqalar «O’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan amaliyot mashg’ulotlari», o’quv qo’llanma, Toshkent, «O’qituvchi», 1992 y. 3. E.I.Krupitskiy «Slesarlik ishi», Toshkent,«O’qituvchi»,1989 y. 4. G.V.Kramarenko «Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko’rsatish», Toshkent, «O’zbekiston», 1998 y.