Zokirjon saidboboyev


TARIXIY GEOGRAFIYANING VAZIFALARI



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə3/83
tarix01.01.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#107142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
2 5474133365772780609

TARIXIY GEOGRAFIYANING VAZIFALARI

VA ASOSIY BLIMLARI. UNING FAN SIFATIDA

SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI

1. Tarixiy geografiya fani haqidagi ilmiy qarashlar

Tarixiy geografiya fan tarmoi sifatida qadimdan shakllangan tarix va geografiya fanlaridan ancha yosh sanaladi. U fan sifatida bir necha yuz yildan beri mavjud. Uning taraqqiyot tarixi tarixiy-geografik adabiyotlarda qisqacha berib tilgan. Jumladan, S.M.Seredoninning kitobida bu fan trisidagi malumotlar Kiyev Rusi va Moskva davlati tarixiy geografiyasi misolida tahlil etilgan, xolos1. arb adabiyotida ham tarixiy geografiya tarixi byicha ilmiy asarlar juda kam. Avstriyalik taniqli olim Vimmerning tadqiqotida qadinigi dunyo va Germaniya, qisman Fransiya tarixiy geografiyasi byicha asarlar biroz sharhlangan2.

Fransuz olimi Dejardenning yirik mashhur asarida Galliya tarixiy geografiyasiga doir adabiyotlar tahlil etilgan3. Ammo Vimmerning ham, Dejardenning ham kitoblarida tarixiy geografiyaning rivoji haqidagi ma'lumotlar unchalik kp emas.

Ingliz ilmiy adabiyotida Bekerning bu sohaga oid maqolasi ingliz tarix va geografiya assosiasiyasining Oksford blimi qshma yiinida qilgan blib, unda snggi yuz yil ichida tarixiy geografiya byicha ingliz oMrnlarining tadqiqotlari krib chiqilgan4.

1 Qarang: CepedouuH C.M. HcTopHHecKaa reorpacbnH. - IleTporpan., 1916. 2 Wimmer. Historische Landshaftskunde. - Insbruck., 1885. 3 Desjardins. Geograpfie historique et administrative de la Gaule Romaine.-Paris., 1876-1878.



Ilmiy adabiyotlarda uzoq vaqt davomida tarixiy geografiyaning shakllanishi va unga omil blgan sabablarni asoslovchi ilmiy xulosalar deyarli yq edi. Holbuki, ilmiy adabiyotlarda bu masala ancha oldin qyilgan. XVIII asr oxiri — XIX asr bosWarining yirik nemis tarixchisi Geeren (1760-1842 yillar) 1785 yilda Volterning tarixiy oyalarini davom ettirib, tarixiy geografiyaning shakllanishi va asosiy bosqichlari haqida txtalib tdi. Geeren z fikrlarini mualliflar jamoasi tomonidan nashr etilgan qadimgi dunyo tarixiga doir kitobida bayon etgan1.

Geeren qadimgi dunyo tarixiy geografiyasining asoschisi deb Niderlandiyaning Leyden universiteti professori Klyuverni (XVII asrning birinchi choragi) tan olgan.

Geeren tarixiy geografiya fani taraqqiyoti tarixini uch bosqichga bo 'ladi:

1. Klyuverdan Sellariusga qadar;

2. Sellariusdan D'Anvilga qadar;

3. D'Anvildan Gatterer va Mannertga qadar.



Geeren tarixiy geografiyaning ilmiy fan sifatidagi taraqqiyotiga galliyalik olim Xristofor Sellarius hissa qshganligini ham alohida uqtirgan.

XIX asrda Geerenning fikrlari boshqa tadqiqotchilar tomonidan bir necha bor takrorlandi. 40-yillarda Forbiger qadimgi geografiyaga oid darslik kitobida Klyuver va Sellariusni tarixiy geografiyaning haqiqiy asoschilari deb hisoblagan2.



70-yillarda Bursian mashhur nemis kishilari hayoti lavhalari nashr etiladigan „Allgemeine Deutsche Biographie" kitobiga yozgan Klyuver haqidagi biografiyasida ham uni tarixiy geografiyaning asoschisi deb ta'riflagan. 80-yillarda Vimmer ham yuqorida krsatilgan asarda bu fikrni takrorlagan.

Klyuver haqida 1891 yilda geograf olim, professor Parch tomonidan maxsus monografiya e'lon qilingach, uning (Klyuver-

1 Handbuch der alten Erdbeschreibung von d'Anville zum Gebrauch seines Atlas Antiquus in 12 Landkarten verfasst.

2 Forbiger. Handbuch des alten GeographieXL-Leipzig., 1842. S. 477.

6

ning) tarixiy geografiya asoschisi ekanligi haqidagi qarashlar yana ham kpaydi. Nemis oJimi Gettner Parchning fikrlariga qshilib, Klyuverni tarixiy geograflya asoschisi deb ataydi.



Shrolar hukmronligi davridagi adabiyotlardagi bu haqdagi dastlabki qarashlar 1937 yilda S.Rudniskiy va 1939 yilda V.P.Bu-dyanovlar tomonlaridan bildirilgan.

Shunday qilib, tarixiy geografiyaning paydo blishi va vaqti haqidagi eski an'analar mavjuddek krinsa-da, aslida haqiqat boshqacharoq.

1930 yilda belgiyalik olim Van der Linden Birinchi xalqaro tarixiy geografiya kongressi ochilishidagi kirish nutqida boshqacha nuqtai nazarni, ya'ni XVI asrning ikkinchi yarmida dunyoning ilk tarixiy atlasini yaratgan flamand olimi A.Orteliyni tarixiy geografiyaning asoschisi deb baholadi. Xuddi shunday qarashlar 1935 yilda geografiya fanlari tarixi byicha yirik italyan mu-taxassisi Almadja tomonidan „Italyan ensiklopediyasi"ga Orteliyga baishlab yozilgan maqolada ham bildirildi.

Amerikalik Garri Barnes 1938 yildagi asarida XII asr ingliz muarrixi va geografi Jerald de Barri z davrida tarixiy geografiya bilan jiddiy qiziqqanligi hamda „Irlandiya topografiyasi" va „Uels bylab sayohat" nomh asarlarini yozganligini ma'lum qilgan1.

Yuqoridagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida kplab ilmiy anjumanlar tashkil etilgan. 1930 yilda Belgiyada tarixiy geografiyaga baishlangan maxsus xalqaro kongressda Belgiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Italiya, Ispaniya, Polsha va Gollandiyadan kelgan olimlar ishtirok etishdi. Kongressdagi yetti seksiyada jami 55 ma'ruza qilgan.

1950 yilda sobiq Ittifoq tarixiy geografiyasi byicha maqolalar tplaminashretilaboshlandi(qarang: „Voprosigeografii", N°20).

1932 yilda London iqtisodiyot maktabida Angliya tarix va geografiya jamiyatining munozarasida tarixiy geografiya fani maxsus muhokama qilingan. Muhokama tarixiy geografiya fani

1 Barnes H. A History of Historisal Writing., 1938.

7

tg risidagi fikrlarga bir qator aniqliklar kiritdi1. Tarixiy geogra-fiyaga siyosiy chegaralar tarixi, tarixiy jarayonlarga tabiat ta'sirlari, shuningdek, tarixiyjarayoruarninggeograilkhodisalarga ta'siri va alohida mintaqalaming geografiyasini rganish, geografik kashfiyotlar, geografik fanlar tarixi kabi blimlarni kiritish ilgari surilgan. Bu yerda tarixiy geografiyaga oid yangi bhmlar bilan birga geografiya tarixi ham qshilib ketganligini farqlash kerak.

Qabila va urular, xalqlaming biror hududda joylashishi va z tarixi davomida bu hududlarning zgarishi, mustamlakalar natijasida yangi xalqlarning kelib joylashishi kabi masalalar tarixiy geografiya blimi sifatida M.K.Lyubavskiyning Rossiya tarixiy geografiyasiga oid asarida tilga olib tilgan2.

Ba'zan tarixiy geografiya faiiining mazmunini aniqlashtirishda chalkashliklarga ham yl qyilgan. Masalan, AASpitsin tarixiy geografiyani „...tarixningbo'limi bo'lib, mamlakatninghududi va aholisini, tabiiy-geograflk tavsiflni, qisqa qilib aytganda, uning tarixiy manzarasini o 'rganadi", — deb yozgan3.

S.M.Seredonin yuqorida nomi keltirilgan asarida tarixiy geografiya awalo aholi, chegaralar, yliarni (mustamlaka, savdo-sanoat, harbiy) o'rganishini ta'kidlagan.

S.K.Kuznetsov 1907-1908 yillarda Moskva arxeologiya institutida tarixiy geografiyaga oid kursida rus tarixiy geografiyasi, umuman, uning zi tushuncha sifatida juda noaniq va qoronu bir mavzu ekanliginini uqtirgan4.

Bu haqdagi fikrlar keyinroq ham kp bildirilgan. 1932 yilda Gilbert: „Tarixiygeografiya"atamasitarixchiuchunham,geograf uchun ham umuman tushunarsiz. Bu atama orqalipaydo blgan

1 Muhokama materiallari haqida qarang: What is historical geography?// „Geography". Ns95. Vol. XVII. Part I. March. 1932.

2 Jlwhaeacuu M.K. HcTopmecKaa reorpacpHH. Pocchh b cbjbh c kojio-HH3aimeH - M., 1909.

3 Cnuu,m AA. PyccKaa HCTopHHecKaH reorpatpHH. - IleTporpafl., 1917. - C. 1.

4 Ky3Heu,oe C.K. PyccKaa HcropmecKaH reorpacpHH - M.,1910. - C. 1.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin