Nikola Sanson (1600-1667 yillar) asli Fransiyaning Abvil shahridan blib, fransuz kartograflari maktabining asoschisi hisoblanadi. U serqirra kartograf sifatida 300 dan ziyod karta yaratgan. N.Sanson z faoliyatini harbiy muhandis sifatida boshlagan blsa-da, biroq Galliyaning antik davri kartasini yaratib, yirik noshir Melchoch Taverniyerning e'tiboriga tushib qolganidan sng kartografiya sohasiga qiziqib qoladi.
1643 yillar chamasi Sanson z kartalarini chop eta boshlaydi. Keyinroq noshir Per Mariyette bilan hamkorlikda ishladi. Nikola Sanson dastlab Abvilda turib faoliyat yuritgan blib, keyinroq Parijga kchib tadi. U yerda 1640-1643 yillarda M.Taver-niyerning „Teatr" nomli atlasi uchun Italiya, Ispaniya, Germa-niya, Britaniya va Fransiyaning kartalarini tuzadi.
1658 yilda Nikola Sanson tuzgan kartalarni Per Mariyette bezatgan hamda nashr etgan. Ularning har biri kartalarning yarmiga mualliflik huquqini saqlab, sngra alohida ham chop ettirganlar. Nikola Sanson 1665 yilda 166 ta kartadan iborat boshqa nashrni, 1666 yilda 181 kartadan, 1667 yilda tldirishlar bilan 200 kartadan iborat atlas chop ettirilgan. 1667 yilda ularga Gilom Sansonning 17 ta kartasi tldirilib nashr etilgan.