Zokirjon saidboboyev



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə50/83
tarix01.01.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#107142
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
2 5474133365772780609

Oliy devonda — ijroiya hokimiyatda bosh vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe' mamlakatlaming boshqaruvi bilan shuullanuvchi yana uch vazir blgan va devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, qoziyi axdos (odat byicha hukm chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri a 'zam (vaqf yerlari mulklari mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni kruvchi), eshikoa, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyruini bajaruvchi), qalaqchi (xiroj miqdorini aniqlovchi), muhassil (soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qshinlarni tplash ishiga mutasaddi amaldor), qorovulbegi, qutvol (qal'abon), muhtasib (shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va boshqalar blgan.

Shuningdek, dargohda bosh hojib, hojiblar, xazinabon, xonsolarjibachi, qushchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dorixonachilar blgan.

Amir Temur davrida Movarounnahrda aholining yashash darajasi va sharoiti yaxshilangan. Yagona markazlashgan davlatning shakllanishi va rivoj topishi bilan oddiy aholining tinch va osuda yashab, mehnat qilishiga shart-sharoitlar yaratildi.

Mullar istilosi davrida va undan keyin Amir Temurning markazlashgan davlat barpo etguniga qadar rta Osiyo va unga qshni hududlarning xalq ommasi nihoyatda oir azob-uqubatlar, qiyinchiliklar bilan hayot kechirayotgan edi. Mul-larning vayrongarchilik va buzunchilik ishlari tufayli mehnatkash aholining yashash sharoiti quyi darajaga tushib qoldi. Xjahkni qayta tiklash ishlari e'tiborsiz blgan kchmanchi mullar

123


xalq boshiga turli soliqlar soldilar, ular orasidan ba'zilarini qullarga aylantirdilar.

Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, u mamlakatda qayta tiklash ishlari, obodonchilik, suorish tarmoqlarini ta'mirlash ishlariga katta e'tibor qaratdi. Turli toifaga mansub mulk sohiblarini bir ql ostida birlashtirdi. Qattiq intizom har qanday zodagonni z hukmdori oldida bosh egishga majbur qilar edi. Mehnatkash xalq, jumladan hunarmand qatlamiga mansub kisMarning yashash darajasi ancha yaxshilandi. Shaharlarda, madaniyat markazlarida yaratuvchilik, obodonchilik ishlari nihoyatda kuchayib ketdi.

Amir Temur davlatining sarhadlari keng edi. U nafaqat hozirgi rta Osiyo balki, Eron, Afoniston, Hindiston, Kavkaz, Qozoiston, Iroq singari mamlakat va hududlarni z tarkibiga olgan edi. Ijtimoiy tuzum masalasida to'xtalganimizda, aynan shu joylardagi aholining turli qatlamlari, ularning zaro nisbati, bir-biriga aloqadorligini nazarda tutisMmiz mumkin.

Ijtimoiy tuzumni biz mulk egaligisiz tasawur qila olmaymiz. . XV asrda ziroatchilik bilan mashul qishloqahli orasidan maTum qismi imtiyozli haq-huquqlar egasi blgan. Ular davlatga juda oz miqdorda soliq tlashgan. Aholining juda katta qismini ijarachi-chorikorlarvajamoatchidehqonlartashkilqilgan. Qishloqlar/amoa yoki qariya deb nomlangan. Uning mulki butun jamoa ahliga qarashli edi.

Hunarmandchilik sohasida asosiy ishlab chiqaruvchi ijtimoiy toifa vakili erkin hunarmandlar blgan. Ular shaharda yashovchi savdogarlar bilan bir qatorda madaniy markazning rta hol toifalari vakillari sanalganlar. Bular jumlasiga amaldorlar va rta hol islom peshvolarini ham kiritish mumkin.

Amir Temur ziga tobe mamlakatlarning sipohu raiyat kayfiyatini, turmushini biror kishi ularga jabr sitam qilsa, ularni jazolash tadbirlarini z qonunlarida qayd etib tgan.

Har bir shaxs z qobiliyati va z xohish irodasiga kra, shuningdek, bilim va tajribasiga muvofiq muayyan vazifani egallay olar edi. Albatta, u sha ishni va amalni uddalay olsa, z

124


harakatiga muvofiq ijtimoiy qatlamning yuqoriroq darajasiga ktarilardi.

Temuriylar davrida esa mamlakatda tez-tez sodir blib tura-digan ichki urushlarga qaramasdan XV asrda ham Movarounnahr va Xuroson shahar hamda qishloqlarida birmuncha obodonchilik ishlari amalga oshiriladi.

Bu davrda temuriylar va ularning viloyat hokimlari tomonidan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv vohalarida, Tus vodiysida hamda Hirot va uning uning atrofida yirik suorish inshootlari barpo etilib, ayrim dehqonchilik viloyatlarining suv ta'minoti tubdan yaxshilandi. Temuriylar hukmronlik qilgan davrda amalga oshirilgan eng yirik suorish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan, Darom anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi bldi. Bu kanal orqali Zarafshon daryosi oqimining bir qismi bu davrda kam suvli Qashqadaryo vohasiga tashlanib, uning adoida joylashgan dehqonchilik yerlari suv bilan ta'minlanadi.

Buxoroning qadimgi suorilgan yerlari bylab olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma'lum blishicha, mullar bosqini oqibatida butunlay vayron etilgan voha suv xjaligi XV asrga kelib tla tiklanadi. Uning dehqonchilik yer maydoni bir muncha kengaydi. Ulubek hukmronlik qilgan davrda Buxoro vohasining janubi-sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yangi yerlar zlashtiriladi.

Butun asr davomida Movarounnahr va Xurosonda awalgidek yer va mulkchilikning asosan trt shakldagi „mulki devoniy" — davlat yerlari, „mulk" - xususiy yerlar; „mulki vaqf - madrasa va ibodatxonalar tasarrufidagi yerlar va nihoyat „jamoa yerlari" blgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarda awalgidek mamlakat hukmdori Sulton yoki amirlar egalik qilardi. Temuriylar davrida davlat yerlarini „suyurol" tarzida in'om qilish keng tarqaladi. Suyurol yerlari hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega blgan shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha blingan. Odatda shahar yoki

125


viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha suyurol shaklida in'om etilgan.

Temuriylar davrida Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa kpgina shaharlari aholisining kasb-kori, ichki va tashqi aloqalari bilan rta asr Sharqining namunali hunarmandchilik va gavjum savdo markaziga aylanadi. Hunarmandchilikning rivoj topib, uning turli-tuman tarmoqlari byicha ixtisoslanishining kuchayishi shaharlarni ham zgartirib yuboradi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan boliqblganyangi-yangiguzarlar, kcha-kylar, timlarva toqilar (usti gumbazli bozor) paydo blgan. Kpgina shaharlarda zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtarashlovchilar, shishasozlar, ko 'nchilik kabi hunarmandchilik mahallalari blgan.

Shaharlarda, xususan Samarqand va Hirotda zargarlik rivoj topadi. Shahar zargarlari orasida oltin, kumush, va jez qotish-malaridan turli xil zeb-ziynatlar va qimmatbaho buyumlar yasaydigan va ularga nozik did bilan nafis badiiy ishlov beruvchi mohir ustalar soni kpayadi. Odatda naqshinkor badiiy buyumlar boylik hashamlari hisoblanib, ular faqat mulkdor tabaqalargagina mansub edi. Bunday qimmatbaho jihozlarni yasaydigan hunarmand-zargarlar mutlaq mulkdorlarga xizmat qilishar va ular bilan yaqindan aloqada blardi.

Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qooz ishlab chiqarish alohida rin tutadi. Shahar yaqinida, Obirahmat anhori sohilida qooz ishlab chiqaradigan maxsus objuvozlar va korxonalar blgan. Samarqand qoozi rta asr sharqi hattotligida oyat mashhur blib, uning ma'lum bir qismi chet lkalarga chiqarilgan.



XV asrda temuriylar davlati uzoq va yaqin qator qshni mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Tibet, Eron, Rusiya, Volga byi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilardi. Xitoydan asosan

126


ipak, shoyi, matolar, xususan atlas va parchalar, chinni, la'l, nil byoqlari, xushby ziravotlar; Erondan surp, marvarid, durlar; Rusiya, Tatariston va Sibirdan qimmatbaho myna, teri, va mm olib kelinar edi. Yevropa mamlakatlaridan Samarqandga olib kelingan mollar orasida farang gazmollari, movuti, cherkas pichoi bor edi.

Samarqanddan chet mamlakatlariga, xususan Rusiya, Tata-riston va Sibirga arzon narxli ip matolar, asosan bo 'z duxoba, shoyi gazlama, qooz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilan ip)lar chiqarilgan.

Chet davlatlar bilan zaro savdo-sotiqni kengaytirishda temuriylarning qshni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalarida katta rol ynaydi. XV asrning birinchi choragida Ulubek va Shohruh davlatlari bilan Xitoy rtasida muntazam ravishda elchilar almashib turiladi. Xitoy temuriylar bilan savdo qilishdan manfaatdor edi. Movarounnahr va Xurosondan u yilqi sotib olardi. Har ikkala davlat rtasidagi savdo va elchilik aloqalari bu davrda yanada rivoj topadi.

XV asrda, xususan uning birinchi yarmida mamlakatning iqtisodiy hayotida, ayniqsa hunarmandchilik va ichki savdo munosabatlarida sodir blgan taraqqiyot ma'lum darajada shu davrda tkazilgan pul islohoti bilan ham boliq edi. Ma'lumki, Ulubek 1428 yilda muomalada/«/ws/> pullar islohotini amalga oshirdi. Mehnatkash aholini ichki chakana savdo munosabatlariga kengroq jalb etish maqsadida Ulubek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga blgan talabini qondirish uchun bir vaqtning zida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salrnoqdor fuluslar zarb ettirdi va muomalaga chiqardi. Eski chaqalar qisqa vaqt ichida yangi fuluslarga almashtirib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida faqat Buxoro zarbxonasi saqlanib qolinib, boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham beriladi.

127


Ulubekning bu yangi mis fuluslari Movarounnahrning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqd pul bilan tla ta'min etadi.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin