Beruniy. Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asarning muallifidir. Ba'zi sharqshunoslar, u 180 tacha kitob yozgan, degan fikrda. Sharqshunoslarning eng keyingi hisobiga kra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid asari — 70 ta, matematikaga oidi — 20 ta, geograflya-geodeziyaga oidi — 12 ta, kartografiyaga oidi — 4 ta, iqlim va ob-havoga oidi — 3 ta, mineralogiyaga oidi — 3 ta, falsafaga oidi — 4 ta, fizikaga oidi — 1 ta, dorishunoslikka oidi — 2 ta, tarix, etnograflyaga oidi — 15 ta, adabiyotga oid asari 28 tadir.
Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir maxsus kitoblar anchagina; uning astronomiya va boshqa sohalarga baishlangan kitoblarida ham geografik ma'lumotlar kp. Beruniyning uzunliklar va kengliklar, Yer yuzidagi odamlar yashaydigan mamlakatlarning chegaralarini aniqlash, suratga tushirish, havoning isishi va sovishi sabablari trisidagi asarlari ham blgan; u Ptolemey „Geografiya"siga qisqacha sharh ham yozgan.
26
„Osori boqiya" („Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya"-„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") taxminan 1000 yilda, Abu Rayhon Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqidagi shahar)da yashaganida yozib tamomlangan. Bu asar 1879 yil ingliz tiliga, 1943 yil fors tiliga, 1957 yil rus tiliga, 1968 yil zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Asarda turli xalqlarning kalendar tizimi, oy va muchal nomlari, bayramlari, Oy manzillari, juda kp meteorologik, fenologik va tarixiy ma 'lumotlar, qabilalar va joylarning nomlari yozilgan. Yevropalik sharqshunoslar bu asami qisqacha „Xronologiya" deb ataydilar.
„Kartografiya" („Tastih as-suvar va tabtih al-quvar") 10 varaqdan iborat risola blib, xorazmshoh Abul Abbos Ma'munga baishlangan. Risolaning kirish szida astronomiya, kartografiya va geografiyaning amaliy ahamiyati tushuntirilgan.
„Geodeziya" („Kitobu tahdidi nihoyot al-amokin li tashih masofat al-masokin" — „Turar joylarning oralaridagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash haqida kitob"). Bu kitobning bittagina qlyozma nusxasi mavjud. Unda „23 rajab 426" yozuvi bor; bu-1025 yil 20 oktyabr degani. Kitob shu yili yozib tugatilgan. Aslida Beruniy uni 1017 yilda Xorazmda yoza boshlab, Kobulda davom ettirgan va aznada nihoyasiga yetkazgan.
Kitobning uchinchi bobida dunyo geografiyasi bayon etilgan-shaharlarning kengliklarini aniqlash, iqlimlarga blish, ularning chegaralari, okeanlar, dengizlar va orollarning taqsimlanishi bayon etilgan, shimolda yashaydigan isu va yugra qabilalari tilga olingan.
Kitobning beshinchi bobi joylarning geografik uzunligini aniqlash usullariga baishlangan. Umuman, bu kitobda taklif qilingan va amalda qllanilgan lchash uslublari, asboblari rta asrlarda eng ilor usullar va eng ma'qul asboblar blgan. Beshinchi bobning oxirida kpgina misollar keltirilgan; jumladan, Badod bilan Ray, Ray bilan Jurjon, Jurjon bilan Bolxon oraliqlaridagi meridian farqini aniqlash usuli, Balx va Jurjoniya shaharlarining uzunlik va kengliklariga asoslanib
27
Omul (Chorjy)ning uzunlik va kengligini aniqlash usuli, Babc bilan Buxoro orasidagi masofani ularning kenglik va uzun-liklariga qarab aniqlash usullari va hakozolar berilgan. Olim bir qancha joylarning kenglik va uzunliklarini shu usullarda aniqlagan.
„Hindiston" („Kitobi fi tahqiqi molil hind min maqola Maqbula fil aql au marzula" — „Hindlarga maxsus narsalarni tushuntirish kitobi") ni olim 1020 yilda yoza boshlab, 1030 yilda tamomlagan.
Geografiya uchun bu kitobning ahamiyati katta. Unda umumiy geografik malumotlar (Yer trisidagi ma'lumotlar, qumqlilcning chegarasi, dengiz va quruqliklar, suv ktarilishi va qaytishi, boshlanich meridian tarixi) bilan birga, Hindiston tabiatining mufassal ta'rifi (tolari, daryolari, shaharlari, qabilalari, hayvonoti va hokazo), tom ma'nosi bilan Hindiston tabiiy gegrafiyasi bor. Undagi etnografik malumotlar, din, falsafa, urf-odatlar ta'rifi mufassal va haqiqiydir.
Qoshariy. Mahmud Qoshariyning umumiy turkiy tillarni rganish, turkiy til shevalarining qiyosiy gramatikasini tuzish, folklor va etnografiya sohasidagi xizmatlari benihoya kattadir. Shu bilan birga, u turli tabiiy fanlar atamashunosligini yaratishga va geografiya faniga ham katta hissa qshgan. Mahmud Qoshariy mashhur „Devonu luatit turk" asarini bundan IX asr awal yozib qoldirgan blib, u qimmatli tarixiy-geografik va toponimik manba hisoblanadi.
Qoshariyning geografiyasi quyidagilarni o 'z ichiga oladi:
1) "Devon"da berilgan tabiiy geografik atamalar va ulaming izohi;
2) „Devonu luatit turk"ka ilova qilingan dunyo kartasi;
3) „Devon"da uchraydigan joy nomlari va ularning izohi;
4) rta Osiyoda uchraydigan ayrim qabilalarning joylashishi haqidagi „aholi geografiyasi"ga doir malumotlar;
5) „Devon"dagi astronomik ma'lumotlar, kalendar tkimi -muchallar va ularning tarixi.
Dostları ilə paylaş: |