6. IX-XIII asr boshlarida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi
Somoniylar davrida katta yer egalari - dehqonlarning nufuzi ortib, kpincha bir dehqon qlida katta yer maydonlari, butun bir viloyat blgan. Ziroat bilan shuullanuvchi ziroatkor kadivar deyilgan. Yirik yer egasi yerida ishlaydigan ijarachi barzigar deb atalgan. Xjalikda qi mehnatidan ham foydalanilgan. Somoniylar davlati aholisining asosiy qismini ziroatchilar tashkil etgan. Keyingi rinda hunarmandlar va savdogarlar turgan.
XI-XII asrlarda yuz bergan siyosiy voqealar Movarounnahr jamiyat hayotida ham zgarishlar yasadi. Alohida mulklarning boshqaruvi, ma'muriy idoralar somoniylar davridagi tartiblarga muvofiq kelar, ijtimoiy mansab va martabalardagi farq katta emas edi. Ijtimoiy tuzumda mavqei ancha baland hisoblangan yirik zamindorlar — dehqonlar qatlami qoraxoniylar davriga kelib z ahamiyatini yqotdi. rta Osiyo khna zodagon toifasining bunday ahvolga tushishiga asosiy sabab siyosat maydonida yuz bergan sulolalar rtasidagi taxt almashuvi, eng ta'sirli jihati esa kchmanchilik sharoitiga moslashgan el-uluslarning troq aholi hududlarini ishol etishidir.
Somoniylar zamonida mazkur sulola uchun xos markazlashgan davlat tuzumidan qoniqmagan aslzoda dehqonlar qoraxoniylami qllab-quwatlagan edilar. Yirik xonadon sohiblari qoraxoniylar hokimiyatda uzoq davr turisha olmaydilar va vaqti kelib bii hududiiriizning asosiy hukmdorlari blib qolamiz, deb ylashgan edi. Ularning bunday rejalarini tushungan yamo va chigillammg boshliqlari zodagonlarni quvin qila boshladilar. Buning oqibatida keksa boy qatlam vakillari z ekinzorlari, uy-joylari, mulklari va boyliklaridan mahrum bldilar. Dehqon degan nom endilikda faqat oddiy jamoatchiga nisbatan aytiladigan blib qoldi. Aslzodalar zlarining daromad manbai — yer-mulkdan mahrum bla boshlagan sari oddiy jamoachi ziroatkorlar ijarachilarga aylana bordilar. Bu paytda yerlar egasiz va qadrsiz blib qoldi. Unumdor
113
joylar yaylovlarga aylandi. Biroq keyingi voqealar jarayonida Movarounnahr ijtimoiy hayotida jonlanish yuz berganligi haqida malumotlar bor.
XII asrlarda, ayniqsa, shaharlar kengayadi, aholining soni kpayib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shaharlar markazida shohona saroylar, masjid, madrasa, minora va hammomlar kabi kplab imoratlar qad ktaradi. Shahar ichi va uning atrofida savdo va hunarmandchilik mahallalari, karvonsaroylar va bozorlar barpo etiladi. Bu davrda shaharlarda, ayniqsa, kulolchilik, shishasozlik, misgarlik va chilangarlik rivoj topadi. XI-XII asrning sirli, koshinkor va qabortma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor shisha buyumlar, naqshinkor mis idishlari zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turardi.
Hunarmandchilikning taraqqiy etishi hamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar tomonidan kumush va misdan kplab chaqa va tangalar zarb qilinadi. sha vaqtlarda Bolasoun, Taroz, zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar blgan. Movarounnahr va Xurosonda qoraxo-niylarning oltin, kumush va mis chaqa-tangalari hamda dinorlari bilan bir qatorda hatto saljuqiylar, xorazmshohlar hamda aznaviylar tomonidan zarb qilingan tangalar ham muomalada yurgan.
Demak, XI-XII va XIII asr boshida Movarounnahr va Xurosonda mahsulot-pul munosabatlari nihoyatda rivoj topib, u mamlakatning deyarli hamma uzoq va yaqin viloyatlarini qamrab olgan edi.
XI asrda Movarounnahrda qoraxoniylar davlatining tashkil topishi bilan qarluq, o 'g 'uz, jig % yag 'mo va boshqa turkiy qabila
114
va urularning Shosh, Farona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy aholi bilan troq hayotga kchish jarayoni jadallashadi. troq dehqon va hunarmand aholi bilan aralashib, dehqonchilik va shahar madaniyatining boy tajribasi va an'analari zlashtirildi. Natijada turkiy tilda szlashuvchi aholi Movarounnahrning asosiy nufuzlaridan biriga aylandi.