Namangan viloyati 7,4 ming kv. km ni tashkil etadi. U 1941 yilning 6 martida tashkil etilib, 1960 yil 25 yanvarida tugatilgan va uning yerlari Andijon va Farona viloyatlariga blib berilgan edi. 1967 yil 18 dekabrda viloyat qayta tiklangan. Aholisining soni 1988,7 ming kishidan iborat. Aholining 37,6 foizi shaharlarda, 62,4 foizi qishloqlarda yashaydi. Viloyat tarkibida 11 qishloq tumanlari va 8 shahar mavjud. Viloyat markazi Namangan shahridir.
Samarqand viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Viloyat respublikamizning markaziy qismida, Zarafshon daiyosining rta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 16,8 ming kv. km ga teng. Aholisi esa 2758,4 ming kishini tashkil etadi. Viloyat tarkibida 14
188
qishloq tumanlari va 11 shahar mavjud. Samarqand shahri viloyat markaziblib, u 1924 yildan 1930 yilgacha zbekiston poytaxti ham blgan.
Sirdaryo viloyati 1963 yil 16 fevralda tashkil topgan. Viloyat Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Maydoni 4,3 ming kv. km ga teng. Aholisi esa 660,8 ming kishini tashkil etib, ularning 32 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Guliston shahri viloyat markazi blib, viloyat tarkibida 9 qishloq tumanlari va 5 shahar mavjud.
Surxondaryo viloyati 0'zbekistonning eng janubida joylashgan blib, 1941 yil 6 martda tashkil topgan. Maydoni 20,1 ming kv. km ga teng. Aholisi esa 1805,0 ming kishini tashkil etadi. Viloyatda aholining 19,7 foizigina shaharlarda yashaydi. Termiz shahri viloyat markazi blib, viloyat tarkibida 14 qishloq tumanlari va 8 shaharmavjud.
Toshkent vUoyati respublikamizning markaziy viloyati blib, respublikamizning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Maydoni (Toshkent shahrini qshib hisoblaganda) 15,6 ming kv. km ga teng. Bu respublika maydonining 3,5 foizi demakdir. Aholisi esa (Toshkent shahrini qshib hisoblaganda) 4560,3 ming ldshini tashkil etadi. Toshkent shahri viloyat markazi blib, viloyat tarkibida 15 qishloq tumanlari va 17 shahar mavjud.
Farona vfloyati respublikamizning sharqiy qismida joylashgan blib, 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Maydoni 6,7 ming kv. km ga teng. Aholisi esa 2741,6 ming kishini tashkil etadi. Aholining 71 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi. Viloyat tarkibida 15 qishloq tumanlari va 9 shahar mavjud. Farona shahri viloyat markazi sanaladi.