89-91-mavzular. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifat darajalari. Sifatlarning oddiy daraja shakli. (3 soat) 92-94-mavzular. Sifatlarning orttirma daraja shakli. Sifatlarning qiyosiy daraja shakli. Sifatlarning ozaytirma shakli. (3 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 – mashq va topshiriqlardagi voqea-hodisalarni, tinglangan matndagi axborotni tushuna oladi;
– mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi;
– so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri bayon qila oladi. 95-105 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 10-12 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, bayonga reja (sodda) tuza oladi, husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi.
A2+ – so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri, qisqa va ravon bayon qila oladi. 121-130 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 16-18 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, bayonga reja (sodda) tuza oladi, matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
– husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi.
Lingvistik kompetensiya (fonetika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika): A2 – so‘z tarkibi va so‘z yasalishini farqlay oladi;
– mustaqil so‘z turkumlari (fe’l, ot, sifat, son, ravish) ni izohlay oladi;
– mavzu doirasida gaplarni morfologik tahlil qila oladi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.
A2+ – so‘z tarkibi va so‘z yasalishini farqlay oladi; mustaqil so‘z turkumlari (fe’l, ot, sifat, son, ravish) ni izohlay oladi;
– mavzu doirasida gaplarni morfologik tahlil qila oladi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.