O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 – mashq va topshiriqlardagi voqea-hodisalarni, tinglangan matndagi axborotni tushuna oladi;
– mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi;
– so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi;
– 95-105 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qiladi. 10-12 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, mustaqil fikrlay oladi;
– husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi.
A2+ – mashq va topshiriqlardagi voqea-hodisalarni, tinglangan matndagi axborotni tushuna oladi;
– mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib ravon o‘qiydi;
– so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi;
– 121-130 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qiladi. 16-18 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, mustaqil fikrlay oladi;
– husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi.
Lingvistik kompetensiya (orfografiya, leksika, grammatika): A2 – mavzu doirasida fonetik va leksik tahlil qila oladi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.
A2+ – mavzu doirasida fonetik va leksik tahlil qila oladi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.
Nazorat ishi. (3 soat) 30-32-mavzular. Sifatdoshlarning zamon shakllari. O‘tgan zamon sifatdoshi. Hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlari. Sifatdoshlarning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllari(3 soat). 33-35-mavzular. Ravishdosh. Ravishdoshlarning ma’no turlari. Ravishdosh yasovchi qo‘shimchalar talaffuzi va imlosi. (3 soat, A2+: 4 soat)