14-15-mavzular. Sodda va qo‘shma olmoshlar. Ularning imlosi. Juft va takroriy olmoshlar. Ularning imlosi. (2 soat, A2+:4 soat) Mustahkamlash. Olmosh va uning tasnifi bo‘yicha tahlil, matn bilan ishlash. (1 soat, A2+: 3soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi voqea-hodisalarni tushuna oladi;
matnlarni, so‘z, iboralarni ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri o‘qiy oladi;
fikrini to‘g‘ri bayon qila oladi, so‘z urg‘usini to‘g‘ri qo‘ya oladi;
grammatik topshiriqli diktantni yoza oladi, husnixatga amal qiladi. 12-15 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, imlo, tinish belgilari qoidalariga amal qiladi.
A2+ tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi voqea-hodisalarni tushuna oladi;
matnlarni, so‘z, iboralarni ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri o‘qiy oladi;
fikrini to‘g‘ri bayon qila oladi, so‘z urg‘usini to‘g‘ri qo‘ya oladi;
grammatik topshiriqli diktantni yoza oladi, husnixatga amal qiladi. 19-20 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, imlo, tinish belgilari qoidalariga amal qiladi.
Lingvistik kompetensiya: A2 olmosh so‘z turkumi va uning ma’no turlarini izohlay oladi. Nutq ifodasida olmosh so‘z turkumidan o‘rinli foydalana oladi.
A2+ olmosh so‘z turkumi va uning ma’no turlarini izohlay oladi. Nutq ifodasida olmosh so‘z turkumidan o‘rinli foydalana oladi.
Nazorat ishi (2soat)
4-BO‘LIM. SO‘ZLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI (17 soat, A2+: 10 soat)
16-17-mavzular. Ismlarning munosabat shakllari. Ismlarning lug‘aviy va munosabat shakllari. Egalik shakllariva ularning imlosi. (2soat,A2+: 4 soat)