69-70-mavzular.Matndagi asosiy fikrni aniqlash. Matnni o‘qish va qayta hikoya qilish. Tasviriy matnni qayta hikoya qilish. (2 soat, A2+:3 soat) Takrorlash. (1 soat) 71-mavzu.Ish qog‘ozlari ustida ishlash. Asosiy atamalar ustida ishlash. (2 soat) Yakuniy dars. Yozgi ta’til uchun topshiriqlar. (1 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy voqea-hodisalarni tushuna oladi;
matnlarni, so‘z, iboralarni ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri o‘qiy oladi;
fikrini to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi;
grammatik topshiriqli diktantni yoza oladi, imlo, tinish belgilariga oid qoidalarga rioya qiladi.
A2+ tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy voqea-hodisalarni tushuna oladi;
matnlarni, so‘z, iboralarni ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri o‘qiy oladi;
fikrini to‘g‘ri va ravon, kerakli o‘rinda qisqa bayon qila oladi;
grammatik topshiriqli diktantni yoza oladi, imlo, tinish belgilariga oid qoidalarga rioya qiladi.
Lingvistik kompetensiya: A2 olmosh so‘z turkumi, so‘zlarning yordamchi so‘z turkumlari, undov, taqlid so‘zlarni izohlay oladi, gaplarning ifoda qurilishida foydalana oladi.
A2+ olmosh so‘z turkumi, so‘zlarning yordamchi so‘z turkumlari, undov, taqlid so‘zlarni izohlay oladi, gaplarning ifoda qurilishida foydalana oladi.
Nazorat ishi va tahlil. (2 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun - 71 soat, A2+: 98 soat Takrorlash uchun - 13 soat,A2+:15 soat Mustahkamlash uchun – 6 soat, A2+: 9 soat Nazorat ishlari uchun - 15 soat Jami: 102 soat, A2+: 136 soat NUTQ MADANIYATI YONDOSH O‘QUV DASTURI