Nolisoniy vositalar va nutq madaniyati (10 soat) 1-2-mavzular. Axborotning lisoniy va nolisoniy ifodalanishi. Matn ustida ishlash. (2 soat) 3-5-mavzular. Ularning ekspresivlik, tasviriylikni kuchayishining ahamiyati. (3 soat) 6-7-mavzular. Yuz, ko‘z ifodalari va nutq madaniyati. (2 soat) 8-10-mavzular. Qo‘l va boshqa tana a’zolari harakatlarining muloqot jarayonidagi o‘rni. Mustahkamlash. Matn ustida ishlash. (3 soat)
Nutqning to‘g‘riligi. Nutq ohangi va ulardan o‘rinli foydalanish (12 soat) 1-3-mavzular. Nutq madaniyatini shakllantirishda adabiy me’yorning o‘rni. Matn ustida ishlash. (3 soat) 4-6-mavzular. Talaffuz me’yori, so‘z yasalish me’yori. Matn ustida ishlash. (3 soat) 7-9-mavzular. Nutqning muayyan davr adabiy tili me’yorlariga to‘la mos kelishi (3 soat) 10-12-mavzular. Muloqot jarayonida ohangning ahamiyati. Urg‘u va nutqda undan to‘g‘ri foydalanish. Matn ustida ishlash. (3 soat)
Nutqda so‘zdan o‘rinli foydalanish (8 soat) 1-2-mavzular. So‘zlarning lug‘aviy ma’nosi. Matnlarni tahlil qilish (2 soat) 3-4-mavzular. Nutqda so‘z tanlay bilish mahorati (2 soat) 5-6-mavzular. Nutqda ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli so‘zlardan foydalanish (2 soat) 7-8-mavzular. So‘z qo‘llashdagi xatoliklar va ularning oldini olish. (2 soat)
Takrorlash. (4 soat)
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi : A2 – mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.
A2+ – mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish va o‘zaro almashish;
– kundalik faoliyatda uchraydigan ma’lumotlarni yig‘a olish va saralash.