+ 4Sana: 201 y. Mavzu: to’G’ri chiziq. Kesma darsning maqsadi



Yüklə 273,5 Kb.
səhifə1/14
tarix13.11.2022
ölçüsü273,5 Kb.
#119431
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4Sana 201 y. Mavzu to’G’ri chiziq. Kesma darsning maqsadi




.+
4Sana: «___» _____________ 201__ y.


Mavzu: TO’G’RI CHIZIQ. KESMA


Darsning maqsadi: To’g’ri chiziq va kesma haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________


Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
To’g’ri chiziq
T arang tortilgan ip (10-rasm), stol va devorlarning qirralari to’g’ri chiziq haqida tasavvur beradi.
A maliyotda to’g’ri chiziqni chizishda yoki hosil qilishda chizg’ichdan, tarang tortilgan ipdan foydalaniladi.
To’g’ri chiziq cheksiz shakl bo’lib, chizmada uning bir qismini aks ettirish mumkin (11-rasm).
O datda to’g’ri chiziq lotin alifbosining kichik harflari bilan a, b, c, … tarzida belgilanadi. To’g’ri chiziq o’ziga tegishli ixtiyoriy ikki nuqtasining ifodasi orqali (AB), (CD), (MN), … shaklida ham belgilanishi mumkin. Bunda (AB) ifoda AB to’g’ri chiziq deb o’qiladi.
Chizma tekisligida to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lgan va tegishli bo’lmagan nuqtalar mavjuddir (12-rasm). Agar B nuqta b to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lsa, Bb tarzida, agar A nuqta b to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmasa,
A b shaklia ifodalanadi. Bunda -tegishlilik, -tegishli emaslik belgisi. Bb ifodani b to’g’ri chiziq B nuqtadan o’tadi, Ab ifodani esa b to’g’ri chiziq A nuqtadan o’tmaydi, deb ham o’qish mumkin.


Yüklə 273,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin