0 ‘quvchi m a’naviy kamolotining asosi b o ‘lgan tafakkur va
faoliyatdagi mustaqilligining darajasi uy vazifalarini bajarishda
ham namoyon b o ia d i. Uy vazifalari bajarilishidagi eng muhim
shart unda dars va darslikdagi haqiqatlaming takrorlanmaslik ke-
rakligidir. Aks holda, o ‘quv materialini ko‘r-ko‘rona eslab qolish
holati yuz beradi. Uy vazifalari o ‘quvchining sinfdagi faoliyatidan
shunisi bilan farq qiladiki, unda barcha topshiriqlar o ‘quvchining
o ‘zi tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. T a’limning bu turidan
darsda shakllangan mustaqil fikrlash faoliyatini yana-da mustah-
kamlash va rivojlantirish uchun foydalanish juda muhim. Afsuski,
ta’lim amaliyotida o ‘quvchilaming uy vazifalarini pedagogik jihat-
dan to ‘g ‘ri tashkil etish bilan yetarli darajada shug‘ullanilmaydi.
Har darsda o ‘quvchilarga uy vazifalari topshiriladi, lekin ulami
qanday bajarish mumkinligi nisbatan kengroq o ‘rgatilmaydi.
0 ‘quvchi uy vazifasiga keyingi darsda o ‘qituvchi nimani
so‘rashi mumkinligidan kelib chiqib yondashadi. K o‘pchilik
o ‘quvchilar og‘zaki uy vazifalarini tayyorlashda berilgan matnni
bir-ikki marta qayta o ‘qiydilar. B a’zilari hatto o ‘qimaydilar ham.
Darslikda matn qanday berilgan b o isa , shunday qayta hikoya qila
dilar. Darsga tayyorlikning oMchovi matnni qayta hikoyalashdan
iborat bo‘lib qoladi. О ‘qilgan matn ustida mulohaza yuritilmay,
matn mazmunini eslab qolishgagina tirishiladi.
Uy vazifasini m a iu m reja asosida tayyorlash ham
o ‘quvchilarning faol fikriy mustaqilligini oshiradi. Uy vazifasini
tayyorlashni to ‘g ‘ri y o ig a qo‘ya bilgan o ‘quvchi undan mustaqil
mulohaza talab qiladigan m ashg‘ulotlarga o ‘ziga ishongan holda
qatnashadi. Uy vazifalarini m a’lum reja asosida bajarish bolalar-
dan o ‘quv materialiga ongli ravishda yondashishni talab qiladi.
Yaxshi tuzilgan reja o ‘quvchining faoliyatini tizimga soladi, zarur
materialni ajratib olishga o ‘rgatadi, muhim jihatlam i ochishga va
to‘g ‘ri xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘z fikrini muayyan tizim-
da bayon etishga o ‘rgatadi. Uy vazifalarini og‘zaki tarzda bajar-
ishda
0‘quvchilar matn yuzasidan darslikdagi savol-topshiriqlar-
ga murojaat qilmaydilar, ular bilan ishlamaydilar. 0 ‘qituvchilar
ham uy vazifasini so‘rashda ko‘pda bunga e ’tibor qilmaydilar.
0 ‘quvchilardan uy vazifasini so‘rash jarayonida nafaqat ulaming
olgan bilimlarini aniqlash, balki bu bilimlami kengaytirish, chuqur-
lashtirish va tizimga solish bo‘yicha keyingi ishlar ham tekshirilishi
kerak. Bu bilan o ‘quvchilaming mustaqil ishlashlari va o ‘qiganlari
asosida mulohaza yuritishlariga keng imkoniyat yaratiladi.
Har qanday yozuvchi umrbayonining davrlar b o ‘yicha o ‘z ta-
rixi bor. Bu ham o ‘z navbatida muhokama yoki uy vazifasi uchun
mavzu bo‘ladi va maxsus savollar ko‘magida amalga oshiriladi.
Agar adibning tarjimai holidan qandaydir mustaqil qismlami ajra
tib olib, uni o ‘zgacharoq tarzda shakllantirish uy vazifasi sifatida
topshirilsa,
0‘quvchilar yodlab olingan siyqa iboralami qo‘llamay,
material mazmuni ustida o ‘ylashga, berilgan savollar ustida mulo
haza yuritishga harakat qiladilar. Bu, so‘zsiz, ulaming fikr musta-
qilligini faollashtiradi.
Uy vazifalarini og‘zaki so‘rashning faqat o ‘quvchi xotira
siga tayanib javob berishi talab etiladigan tarzda tashkil qilinishi
natijasida vazifa so‘rash o ‘qituvchi bilan bitta o ‘quvchi orasidagi
alohida suhbatga aylanib qolib, sinfdagi boshqa
0‘quvchilar unda
ishtirok etmaydilar. Uy vazifalarini darsda ko‘tarilgan asosiy savol
muhokamasi natijasiga qarab shakllantirish o ‘quvchilami darsda
o ‘rgangan bilimlarini mustaqil ravishda guruhlashga, undan muhi-
mini ajratishga, o ‘qituvchining talablariga mos keladigan dalillar
topishga o ‘rgata boradi. Ulaming oldida mustaqil mulohaza yuri-
tishni talab qiladigan yangi savollar paydo bo‘ladi. Dalillar kelti
rish uchun nafaqat faktlar izlashga, balki ulami o ‘z so‘zlari bilan
yetkazishga ham harakat qiladilar. Bu holat ham ta’limiy, ham tar-
biyaviy jihatidan o ‘ta muhim hisoblanadi. 0 ‘quvchilar fikrlarini
o ‘z so‘zlari bilan ifodalagan joyda tafakkur faoliyati mustaqilligi
tarbiyalanmasligi mumkin emas.
0 ‘rganiladigan o ‘quv materialini bilishga qiziqish uyg‘otish
uchun detallami qayta ishlash bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Uy
265
vazifasi topshirilganda o ‘quvchilaming fikrini uyg‘otish, hodisa
ning sabablarini aniqlash va uni tushuntirishga yo‘naltirish kerak.
Bunga erishish uchun ulaming oldiga o ‘ylashga y o ‘naltiradigan:
«(Asardagi biror holatni, masalan, Sandro bilan Jo‘hadzening
vatanga muhabbatini yoki turk zobiti bilan bulg‘or qizning
vatansuyarligi darajasini... singari), Sizning nazaringizda qanday
talqin qilish mumkin?», «Nega shunday (masalan, Kumushbibining
halokati) boMgani sabablari haqida o ‘ylab ko‘ring», «Shu
vaziyatda (masalan, Humoyunning halokati tayin ekanini ko‘rib
turganingizda) Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?» singari savol-
topshiriqlar uy vazifasi sifatida berilishi maqsadga muvofiqdir. Uyga
vazifani so‘rash jarayonida ham o ‘ylashga undovchi qo‘shimcha
savollar qoilan m as ekan, o'quvchilarda tashabbuskorlik, onglilik,
topqirlik kabi sifatlar shakllantirilmaydi, ular mustaqil fikrga ega
bo‘lolmaydilar.
Uy vazifasini so‘rash jarayonida o ‘quv materialini taqqoslash
va umumlashtirishni talab qiladigan savollami o ‘rtaga tashlash
muhim ahamiyat kasb etadi. 0 ‘quvchilar oldiga bunday savol
lar qo‘yish ulaming mustaqil fikrlash va ijodkorlik imkoniyat
larini kengaytiradi. 0 ‘quvchilami o ‘z mustaqil fikrini aytishga
yo‘naltiradigan topshiriqlar berish oldindan m a’lum narsalami tak-
rorlamaslikni, o ‘rganilganlar orasidan darsliklarda yo‘q yangilikni
topishni talab qiladi. Talab qilinayotgan narsani o ‘rganilganlari
orasidan mustaqil tahlillash va taqqoslash orqali topish aqlning an-
chagina zo‘riqishini talab qiladi. Uy vazifasini so‘rash jarayonida
ham o ‘qituvchi javobning o ‘zi bilan chegaralanib qolmasligi, is-
bot talab qilishi kerak. 0 ‘qituvchilik san’ati bolalarni mulohazalar
yuritish yo‘li bilan xulosaga, natijaga yetaklashdan iboratdir. Har
safar, uy vazifasini so‘rashda o ‘quvchilaming oldiga taqqoslash va
umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar ulaming aqli-
ni zo‘riqtiradi. 0 ‘quvchilar tafakkuri ulardan o ‘rganganlarining
muhimini ajratish so‘ralganda yana-da ijodiy ishlaydi. Muhim nar
sa o ‘quvchilaming o ‘zlari aytganlari orasidan qidiriladi.
Uy vazifalarini bajarish jarayonida yuz bergan qiyinchiliklami
bartaraf qilish nafaqat o ‘ quv materialini o ‘zlashtirishdagi birtom on-
lamalikni hal etishda ko‘maklashadi, balki unda o ‘quvchilaming
bilimini boyitadigan yangi yo‘nalishlar ham ochiladi. Bunday uy
vazifalari o ‘quvchilarda mustaqil umumlashmalami talab qiladi
gan nisbatan qiyin o ‘quv topshiriqlarini bajarish va o ‘rganilayotgan
hodisaga mustaqil yondashish tajribasini shakllantiradi.
266
0 ‘qituvchining uy vazifasini so‘rashda o ‘rganilgan materialni
qayta tiklashga yo‘naltirilgan savollari ta ’sirida o ‘quvchilar aqliy
faoliyati muayyan qolipda shakllanib qolishi mumkin. 0 ‘qituvchi
savollami asar matniga tayanib, undan uzoqlashmagan holda tuzsa,
o'quvchilar ham o 'z javoblarini darslikdagi tayyor javoblar usti-
ga quradi. Bunday so‘rovlar o ‘quvchini o ‘quv materialini yodlab
olishga, fikrlami kitob tili bilan so‘zm a-so‘z bayon etishga o ‘rgatib
qo‘yishi mumkin.
Agar darslarda uy vazifalarini so‘rash darsning ijodiy qismiga
aylantirilsa, y a’ni o ‘quvchining hodisa tahlili va u bilan bog‘liq
faktlami umumlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari, imkoniyatlari hi
sobga olinsa, uy vazifasini so‘rash jarayonining samaradorligi
ham sezilarli darajada ortadi. Uy vazifasini so'rash jarayonida
o'quvchilar ko'pincha u yoki bu hodisani bayon qiladilar, lekin
unga baho bermaydilar. Bu shundan dalolat beradiki, o'qituvchi
ulardan shunday bahoni, munosabatni hech qachon talab qilmagan.
Sababi, buni o'qituvchining o 'zi ham bilmaydi. O'quvchilarda vo-
qea-hodisani baholash, unga o 'z munosabatini bildirish ko'nikm asi
shakllantirilmagan. Uy vazifalarini so'rash paytida o'quvchiga
mustaqil mulohaza yuritish talab qilinadigan savollar berilishi
uning aqliy faoliyatini tezlashtiradi. Berilgan savollarga o'quvchilar
yaxshi tanlangan dalillar orqali javob berishga erishsa, bunday
savollar ulaming o'zlariga ham katta ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
O'quvchilarga uyda bajarish uchun beriladigan yozma ishlar-
ning ko'pchiligi takrorlardan iborat bo'ladi - o'quvchilar bir-bir-
laridan ko'chiradilar. K o'pchilik o'quvchilam ing boshqa yo'li ham
yo'q. Ular nimani, qanday yozishni bilmaydilar. O 'quvchilar bun-
ga o'rgatilmagan. Aytadigan gaping bo'lm aganida oq qog'oz bilan
yuzma-yuz, yolg'iz qolishdan azobli narsa yo'q. O'quvchi bunday
uni qiynaydigan vaziyatlarda uzoq qolishni istamaydi. Shuning
uchun oson yo'lni - ko'chirm achilikni ixtiyor etadi.
Takrorlash darslari uy vazifasini so'rashdan o'rganilgan
o'quv materialini umumlashtirishning nisbatan yuqoriligi bilan
farq qiladi. Bunday sharoitda o'quvchilam ing mustaqil fikrlashi-
ni shakllantirish va rivojlantirish uchun o'qituvchilar savol va
topshiriqlami oddiy darslardagiga nisbatan muammoliroq tarzda
qo'yadi. O 'quvchilam ing javoblari va izlanishlari ham shunga
yarasha bo'ladi. O'qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar
baland bo'lsa, tarbiyalagan o'quvchilarini ham o'zining darajasida
yuqorilatib boraveradi.
267
0 ‘quvchilaming uyda ishlashlarini tashkil eta bilmaslik ham
bolalaming bilim olishiga, o ‘z kamolotini ta ’minlash y o ‘lida be
vosita ishtirok etishiga halaqit bermoqda. 0 ‘qituvchilaming yangi-
langan pedagogik tafakkur talablariga moslashishi juda sekin
kechyapti. Tarbiyalovchilar qolipga tushib qolgan o ‘qitish usul-
laridan voz kecholmayaptilar. Gap shundaki, mamlakatni buyuk
kelajak sari yetaklash ham, uni tubanlik q a’riga tortish ham o ‘sib
kelayotgan avlodning, millatning qo‘lida. Millatning saviyasi
ko‘tarilmasa, mamlakat rivojlangan davlatlar safiga chiqolmaydi.
0 ‘qituvchi ko‘tarilmasa, millat ko‘tarila olmaydi. Millatni m a’nan
ham, aqlan ham ko‘taradigan o‘qituvchi b o ‘ladi. 0 ‘qituvchining
shaxsi, dunyoqarashi, saviyasi, bilim darajasi, millat va mamlakat-
ning taqdirini belgilaydi.
T a’lim-tarbiya jarayonida o ‘quvchilaming uy ishlarini to ‘g ‘ri
tashkil etish o ‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri.
T a’limda o ‘quvchilaming uy vazifalarini pedagogik jihatdan
to ‘g ‘ri tashkil etish yo‘llari bilan ilmda ham, amaliyotda ham ye
tarli darajada shug‘ullanilmayapti. Uy vazifalarini tashkil etishning
pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik asoslari ishlanmagan. Shu
bois pedagogik y o ‘nalishdagi oliy o ‘quv yurtlari ta ’limida ham uy
vazifalarini tashkil etish borasida talabalarga yetarli darajada bilim
berilmaydi. 0 ‘qituvchilar uchun bu borada ilmiy asoslangan na-
zariy-metodik, amaliy tavsiyalar yo‘q.
T a’lim amaliyotida o ‘quvchiga bo‘lgan talabchanlik bolani ka-
molot sari yetaklashning qat’iy mezonlari asosida uni o ‘z-o‘zini
rivojlantirishga undashi kerak. Bolani tarbiyalash, o ‘qitish emas,
uni kattalar ko‘magida o ‘zini o ‘zi tarbiyalaydigan, bilimlami o ‘zi
izlanib o ‘zlashtiradigan vaziyatga solish lozim. 0 ‘quvchilariga im
kon qadar ko‘p va chuqur bilim bera oladigan o ‘qituvchi yaxshi
o ‘qituvchi emas. Istiqlol davri milliy tarbiyashunosligida sinfdagi
har bir o ‘quvchini o ‘z-o‘zini tarbiyalashi va bilimlami o ‘zlashtirishi
y o iid a faol, tinimsiz ishlata oladigan, ulami mustaqil fikr sohibi
b o iish in i ta’minlaydigan, o ‘quvchi shaxsida o ‘z qarashlarini asos-
lay oladigan hamda himoya qila biladigan, o ‘mi kelganda g ‘oyalari
uchun kurashishga qodir insonni tarbiyalashni biladigan ustoz yax
shi o ‘qituvchi hisoblanadi.
Bilimlami o ‘zlashtirishda bolalar mehnatiga, bu yo‘lda ular
ning erkinligiga e ’tibor qilmaslik maktab va o ‘qituvchining eng
katta xatosi hisoblanadi. 0 ‘quvchini mehnat qilishga majbur etish,
268
unga mehnat qilib bilim olishdan zavq olish mumkinligini, mehnat-
ning ehtiyojga aylanishi uni har qanday qaramlikdan qutqarishini
anglatish tarbiyashunoslik maqsadining asosidir. Adabiyot darslari
jarayonida
0‘quvchilar mehnati haqida qayg‘urganda uning qaysi
turi besamar ketmasligi, qay yoshdagi bola qanday qiyinchiliklarni
yengib o ‘ta olishi mumkinligini, mehnatning qanaqasi oson-u qaysi
biri azobli ekanini aniqlab olmoq o ‘qituvchining asosiy vazifalari-
dan biridir. Shu m a’noda,
0‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylab beril
gan uy vazifalari kattagina ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi. 0 ‘quvchining ichki qiziqishlarini qondirishni k o ‘zlab beril
gan uy vazifalari uning darsda olgan bilimlari, ko‘nikma, malaka va
m a’naviy sifatlarini mustahkamlash, rivojlantirish, takomillashti-
rishga yordam beradi. Bilimlarning sifatini oshirishga asos bo‘ladi.
To‘g ‘ri berilgan uy vazifalari o ‘sib kelayotgan avlodni bilim olish
jarayonida imkon qadar mustaqil ishlashga, erkin faoliyatga, bili
mini chuqurlashtirishga o ‘rgatadi.
Bundan tashqari, pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik
asoslarga tayanib berilgan uy vazifalari o ‘quvchilar shaxsiyatida
ziyraklik va erkinlik tarkib topishiga ko'maklashadi. Ularda aniq-
lik va batartiblik, mehnatsevarlik, qat’iyatni rivojlantirishga asos
bo‘ladi. 0 ‘quvchining o ‘z xatti-harakatlarida aniqlikka erishishiga
ko‘maklashadi. Faoliyatida duch kelgan qiyinchiliklarni yengib
o ‘ta olish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish hamda o ‘z xatti-hara-
katini nazorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Uy vazifalari ulami to ‘g ‘ri tashkil qila bilgandagina
o‘quvchilaming m a’naviy shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aks holda ular salbiy natijalami ham
keltirib chiqaradi. Agar uy vazifalari o ‘quvchilarga metodik jihati-
dan puxta o ‘ylanmay berilsa, ular o ‘quvchilarni qalbakilikka, top
shiriqlami yuzaki bajarishga o'rgatadi, o ‘qishga va o ‘quvchining
shakllanishiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Ulami yolg‘onga o ‘rgatadi,
bola uchun ortiqcha, samarasiz mehnat bo'ladi. Uy vazifalari
o'quvchilam ing ruhan rivojlanishi va o'qishiga ijobiy ta ’sir
ko'rsatishi uchun ulaming qat’iy m e’yorini belgilash, uyda ishlash
uchun topshiriqlar berishni va ulami nazorat qilishni metodik ji-
hatidan oqilona tashkil qila bilish lozim. Ko'pchilik o'qituvchilar
o'quvchilam ing shaxsi, tabiati, intellektual imkoniyatlari, oilaviy
sharoitiga e ’tibor bermaydilar, ulaming mustaqil mehnatini tash
kil qilish metodikasidan bexabarlar va beriladigan uy vazifalarini
269
yoki haddan oshirib yuboradilar yoki juda jo ‘nlashtirib qo‘yadilar.
Buning natijasida o ‘quvchilar noto‘g ‘ri ishlaydilar. B a’zida uyga
sinfda ishlanmagan,
0
‘qituvchi tomonidan ifodali o ‘qilmagan ba
diiy matnlar yodlashga topshiriladi. 0 ‘tilmagan mavzularda refe-
ratlar yozish talab qilinadi.
Bunday topshiriqlar berila turib hatto ularni yozishda foydala
nish mumkin bo‘lgan manbalar ham ko‘rsatilmaydi. G o ‘yo bu bi
lan ustozlar o ‘quvchilarini o ‘z o ‘quv fanlari bo'yicha ko‘proq ish-
lashga majbur qiladiganday b oiad ilar. Ko‘pincha o ‘qilgan asarlar
yuzasidan uyga beriladigan vazifalar bir-biridan farq qilmaydi va
ular o ‘quvchilaming uy vazifalarini bajarishga bo‘lgan qiziqishla-
rini so‘ndiradi. Uyga topshiriq berishdan oldin, uning uchun asosiy
bo'lgan didaktik talablar ishlab chiqilishi kerak. Har bir topshiriq
o ‘quvchi uchun tushunarli va uning mustaqil ravishda bajarish im-
koniyatlari doirasida bo‘lishiga harakat qilinishi lozim. Uy vazi
falarini bajarishga o ‘quvchi sinfda o ‘qituvchi tomonidan alohida
tayyorlanadi, manbalar k o ‘rsatiladi, lozim bo‘lganda ishlash
uchun yo‘nalish beriladi. Sinfda uy vazifasini olgan o ‘quvchining
topshiriqni bajarishga qiziqishi va ehtiyoji, uni mustaqil ravishda
bajarish y o ‘llari haqida tushunchaga ega b o iish i lozim.
Bugungi maktab amaliyotida uy vazifalari sinfdagi
0
‘quv-
chilaming ko‘pchiligiga moslashtirilgan holda, umumiy tarzda
beriladi. Uyga topshiriqlar berishda o ‘quvchilarga xos bo ‘lgan
xususiy jihatlar, alohida o ‘quvchilaming ishlash imkoniyatlari
inobatga olinmaydi. Bu o ‘z-o‘zidan uy vazifasini bajarishda salbiy
natija beradi. 0 ‘qituvchi tomonidan bir soatga m o‘ljallab berilgan
uy vazifasini o ‘quvchilaming ayrimlari 30 - 40 daqiqada, b a’zilari
bir soatda, bir qismi esa 1,5 soatda bajaradi. Bugungi o ‘qituvchi
o ‘quvchilaming individual xususiyatlari - kimning tez ishlashi-yu
kimning sekin ishlashi, birovning o ‘ta shiddatli fikrlashi-yu qay bir
o ‘quvchi tafakkuri jarayonining sustroq ekanini inobatga olmaydi.
Uy vazifasini tekshirish asnosida uning qanday bajarilganiga
- ishning puxtaligi, mavzuning anglanganlik darajasiga e ’tibor
qilmaydi. Bajarilgan ishning saviyasi, mohiyatiga kirib o ‘tirmaydi.
«B ajarildim i-bajarildi»qabilidaish tutadi. Aslida uyga beriladigan
topshiriqlami ham, sinfda bajariladigan ishlami ham har bir
o ‘quvchining individual xususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini
inobatga olgan holda tashkil etish lozim. Toki, birining qobiliyati o'rtachalarning
qurboni bo‘lmasin,
ikkinchisining
qo‘lidan
kelmaydigan ishni bajarolmay g ‘ururi, sha’ni yaralanmasin.
Mammaga bir xil vazifa berib, uning bajarilishini barchadan
birday talab qilish, uni bajara olmagan o ‘quvchilami «ikki»lar
bilan jazolash bugungi milliy pedagogikaning maqsadiga to ‘g ‘ri
kelmaydi.
0 ‘qituvchining shaxsiy tajribasi, o ‘quvchilarga ziyraklik va
e ’tibor bilan munosabatda bo lishi, o ‘z ishiga ijodiy yondashuvi,
shu bilan birga, boshqa o ‘quv fanlari bo‘yicha uyga berilgan vazi-
falar hajmini kuzatib borishi unga o ‘z o ‘quv fani bo‘yicha uy ish-
larini to‘g ‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Odatda maktabda uy
vazifalari shoshilib, ko‘pincha qo‘ng‘iroqdan keyin beriladi. Uy
vazifasini fikri tarqalganda, shovqin ichida, tanaffus boshlanganda
olgan o ‘quvchilaming ko‘pchiligi nafaqat uni qanday bajarishni
bilmaydi, balki b a’zida uyga nima berilganini to ‘liq tasavvur ham
qilolmaydilar. Bu hoi uy vazifalarining qoniqarsiz bajarilishiga
olib keladi yoki talab qilingan ish u yoqda qolib, butunlay boshqa-
cha bajariladi yoxud ko‘chiriladi.
Uy vazifalari barcha
0‘quvchilar diqqati bir joyga jamlangan-
da berilishi maqsadga muvofiq. Berilayotgan uy ishlari
0‘qituvchi
tomonidan aniq shakllantiriladi, darstaxtaga qisqa tarzda yoziladi.
Uy vazifalarining kundalikka yoki daftarga yozdirilsa, uni ba-
jarishda chalkashliklarga y o ‘l qo‘yilmaydi. Uy vazifasi, asosan,
sinfda o ‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi va o ‘tilgan mavzu barcha
0
‘quvchilar tomonidan yetarli darajada o ‘zlashtirilgandan so‘ng
beriladi. Uy ishlarida sinfda o ‘tilgan mavzu mutlaqo takrorlanmay-
di. Uy vazifalari darsning boshida, o ‘rtasida, oxirida ham berilishi
mumkin. Faqat o'quvchilam ing diqqati chalg‘imasdan avval be-
rilsa, bas.
0 ‘quvchilami uy vazifalarini bajarish ishlarini rejalashtirib
olishga o ‘rgatish ham ulaming tafakkur va faoliyat mustaqilligini
ta’minlashda o ‘ziga yarasha ahamiyat kasb etadi. 0 ‘qituvchilar
nazarida bu m a’lum darajada murakkab fikriy faoliyat bo‘lgani
uchun ham o ‘quvchilarga nisbatan sodda reja tuzishni taklif
qiladilar. Hatto, shuning o‘zi ham ulami o ‘zgalaming tayyor
likrlarini takrorlashdan chekintiradi, mustaqil ravishda fikr aytishga
vo'naltiradi.U y vazifalarini m a’lum reja asosida bajarish o ‘quvchini
o'quv materialiga ongli va tizimli ravishda yondashishga o ‘rgatadi.
271
Yaxshi tuzilgan reja o ‘quvchining faoliyatini tartibga soladi, zarur
materialni ajratib olishga o ‘rgatadi, muhim jihatlam i ochishga va
to ‘g ‘ri xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘z fikrini muayyan tizimda
bayon etishga y o ‘naltiradi.
Uy vazifasini m a’lum reja asosida tayyorlash o ‘quvchining
aqliy faolligini ham oshiradi. U mustaqil mulohaza talab qiladigan
muhokamalarga o ‘ziga ishongan holda faol kirishadi. 0 ‘quvchining
darsda, uyda, sinfdan va maktabdan tashqari har bir ishni reja aso
sida bajarishi uning vaqtini tejaydi, fikrlari va faoliyatini tartibga
soladi. M a’lumki, har bir o ‘quvchining kundalik uy vazifasini
bajarishda o ‘z uslubi b o ‘ladi: ayrimlar avval qiyin darslami ba-
jaradi, keyin nisbatan osonlariga kirishadi. B a’zilar buning aksini
qilishadi. Shu tarzda o ‘quvchilar faoliyatida oson va qiyin vazifalar
o ‘rin almashib turadi. 0 ‘quvchi m a’lum tajriba orttirgandan so‘ng
ba’zi ishlarga sarflanadigan vaqtni ham avvaldan belgilab oladigan
bo‘ladi. Boshida rejalashtirish m a’lum aqliy zo‘riqish va vaqtni ta
lab qiladi. Asta-sekin bu ishga kam vaqt sarflana borib, u vazifani
bajarish jarayoni bilan uyg‘unlashib ketadi.
Reja bilan ishlashga o ‘rgatishdan maqsad o ‘quvchini topshiriq-
ni yaxshiroq bajarish, vaqtdan unumli foydalanishga o ‘rgatish va
ishida tartib bo‘lishiga erishishdan iborat. Mana shu jihatlar - ishni
rejalashtirish tamoyili o ‘quvchining «men»iga, tabiatiga singishi-
ga, bu yumush bolaning maktab hayotidagi asosiy ishlaridan biri
bo‘lishiga erishish kerakligini taqozo etadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, adabiyot o ‘qituvchilarining
ko‘pchiligi hali o ‘quvchilarga dars maqsadi va rejasini bayon
etishga odatlanganlaricha yo‘q. 0 ‘rganiladigan mavzu rejasining
darsda o ‘qituvchi tomonidan bayon etilishi o ‘quvchi diqqatini mav-
zuning muhim o ‘rinlariga tortadi, unda mana shu muhim narsani
o ‘zlashtirib olishga ehtiyoj uyg‘otadi. Shu tariqa tashkil etilgan
darsda o ‘qituvchi javob beradigan o ‘quvchini ham berilajak ja-
vobini rejalashtirib olishga, undagi muhim jihatlar va xulosalami
ajrata bilishga yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: |