1-Amaliy ish. O’lcham qo’yish qoidalarini o’rganish
Chizmalardagi barcha o‘lchamlar Davlat standartlari O‘zDS 2.307-97 da o‘rnatilgan joylashtirish va qo‘yish majburiy talablar asosida quriladi.
Chizmalardagi barcha o‘lchamlar Davlat standartlari O‘zDS 2.307-97 da o‘rnatilgan joylashtirish va qo‘yish majburiy talablar asosida quriladi.
Chizmalarda o‘lchamlar o‘lcham chiziqlari bilan ko‘rsatiladi, strelkalar chiqarish, markaz va o‘q chiziqlariga tegib turishi kerak. Strelkalar o‘lcham chiziqlariga ichki va tashqi tomondan qo‘yilishi mumkin. O‘lchamlar sonlari tasvirlangan predmetlarning gabarit o‘lchamlarini va undagi elementlarning o‘lchamini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Strelka elementlari o‘lchami ko‘rinadigan kontur chiziqning yo‘g‘onligiga qarab tanlab olinadi va chizmada ular taxminan bir xil o‘lchamda chiziladi (1.1-chizma).
Chizmalarda umumiy o‘lchamlar soni minimal miqdorda bo‘lishi, buyumni tayyorlash va nazorat qilish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Har bir o‘lcham chizmada faqat bir marta ko‘rsatilishi, ya’ni obyekt ko‘rinishlar sonidan qat’i nazar, o‘lchamlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
1.1-chizma
Chiziqli o‘lchamlarni qo‘yish
Chiziqli o‘lchamlarni qo‘yish
Chizmada har qanday o‘lcham, o‘lcham chizig‘ining ustiga unga parallel ravishda imkon qadar uning o‘rtasiga o‘lcham soni bilan ko‘rsatiladi.
Chizmalarda hamma chiziqli o‘lchamlar o‘lcham birligini belgilamagan holda millimetrlarda ko‘rsatiladi;