1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlarida ayollar va yoshlar mehnati. Ishdan maqsad



Yüklə 25,66 Kb.
səhifə1/3
tarix01.12.2022
ölçüsü25,66 Kb.
#120301
  1   2   3
1-Amaliy mashg’ulot


1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlarida ayollar va yoshlar mehnati.
Ishdan maqsad: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XII-XIV-bob, 211-258 moddalarini batafsil o’rganib chiqish va uni tahlil qilishni o’rganish.


Kerakli hujjat va adabiyotlar.
1.O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. T. «O’zbekiston» 2018 y.
2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. T. «Adolat» 2016 y.
3.U.Yo’ldoshev va boshqalar. Mehnatni muhofaza qilish. T.: «Mehnat». 2001 y
4.X.Rahimova va boshqalar «Mehnatni muhofaza qilish» T. O’zbekiston 2003 yil
Ishni bajarish tartibi:
1.O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qachon tasdiqlanganligi va u necha bob, qancha moddadan iboratligi xaqida to’xtalish kerak bo’ladi.
2.XIII bob mehnatni muhofaza qilish xaqida (211-223 moddalar)
3.XIV bob ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo’shimcha kafolat va imtiyozlar( ya’ni ayollarga beriladigan qo’shimcha kafolatlar ) haqida (224-238 moddalar)
4.XIV bob yoshlar uchun qo’shimcha kafolatlar. (239-247 moddalar)
5.XIV bob ishni ta’lim bilan birga qo’shib olib borayotgan shaxslar uchun imtiyozlar. (248-258 moddalar)


1. Mehnat Kodeksi haqida umumiy ma’lumotlar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 21 dekabrda 161-1 raqamli O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqladi. Mehnat Kodeksi 16 bob va 294 ta moddadan iborat. Respublikamizda mehnatni muhofaza qilishning xuquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va O’zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunida mustahkamlangan. Ushbu qonun ishlab chiqarish usullaridan, mulk shaklidan qat’iy nazar korxonalarda mehnatni


muhofaza qilish ishlarini tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi, hamda fuqarolarning sog’ligi va mehnatining muhofaza qilinishni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu qonun mulk va xo’jalik yuritish shakli turlicha bo’lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar, ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan Oliy o’quv yurtlari talabalari, kasb xunar kollejlari va umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan xarbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni o’tayotgan fuqarolar; sud xukmi bilan jazoni o’tayotgan shaxslar , axloq tuzatish mehnat muassasalari korxonalarida yoki xukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi. O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunining 1-7 moddalarida umumiy koidalar keltirilgan. Mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash 8-15 moddalarda berilgan, 16-21 moddalarda ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir xuquqlarini ro’yobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati 22-29 moddalarda berilgan. Mehnat shartnomalari shartnomasining mazmuni, shakli, muddati73-76 moddalarda, ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati 77-87 moddalarda, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi 97-113 moddalarida o’z aksini topgan. Mehnat nizolari, mehnat nizolarini ko’rib chiqadigan organlar 260 moddada, xalq sudlari 267-269 moddalarda, mehnat nizosini xal qilishni so’rab murojaat etish muddatlari 270 moddada, mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazishda aybdor bo’lgan mansabdor shaxs zimmasiga moddiy javobgarlik yuklash 274 moddada o’z aksini topgan. Davlat ijtimoiy sug’urtasi masalalari XVI bobning 282-288 moddalarida keltirilgan, davlat ijtimoiy sug’urtasining barcha xodimlarga tatbiq etilishi 282 modda, davlat ijtimoiy sug’urtasi hisobidan beriladigan ta’minot turlari 284 modda, xomiladorlik va to’g’ish nafaqasi 286 moddada, dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa 288 modda, qarilik bo’yicha nafaqa 289 modda, nogironlik nafaqasi 290 modda, boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi 291 moddada ko’rsatilgan.

Yüklə 25,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin