1-Amaliy mashg’ulot



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə1/8
tarix31.12.2021
ölçüsü0,9 Mb.
#113129
  1   2   3   4   5   6   7   8
1 amaliy bot


1-Amaliy mashg’ulot.
O’simlik hujayrasining tuzilishi. Piyoz po’sti epidermasi hujayrasining tuzilishi. Vaqtinchalik mikropereparatlar tayyorlash.
Mavzuning maqsadi: Hujayralarning shaklini, tuzlishini, piyoz po’sti va paxta tolasi hujayralari misolida o’rganish. Sitoplazma organoidlari xaqida umumiy tushuncha berish.

Mikroskopda ko’rib o’rganish uchun fiksatsiyalangan, ildiz, poya, barg, meva, meva eti, po’stloq, tolalar yoki tirik o’simlik bo’laklari olinadi. Ob'ektlar qattiq bo’lsa suv va glitserin aralashmasiga solib qaynatiladi, bunda hujayra yumshaydi, yupqa kesik olish mumkim bo’ladi yoki marjon daraxti o’zagi orasiga solib kesib olinadi. Kesma juda kichik va yupqa bo’lishi kerak, uni buyum oynasiga qo’yib, suv tomizamiz va nina yordamida to’g’irlaymiz gorizontal ushlangan holatda ustidan qoplag’ich oynani yopamiz, ikkala oyna o’rtasida havo qolmasligi uchun ortiqcha suvni so’rg’ich yordamida so’rdirib olamiz. Sitomlazmani yoki hujayra yadrosini aniqroq ko’rish uchun tayyorlangan (kesikka) preparatga kaliy yod eritmasi tomiziladi. Ob'ektni bo’lish uchun metilen ko’ki va shunga o’xshash bo’yoqlardan foydalaniladi. Bu reaktivlardan tomizg’ich yordamida bir tomchi olib ob'ekt ustiga tomiziladi va bir necha minutdan so’ng ortiqcha bo’yoqni tozalash uchun ob'ekt ustiga toza suv qo’yib bir necha marotaba yuviladi. Yuvilgan kesiklarni nina yoki chyotka yordamida olib glitserin tomizib, buyum oynachasi ustiga qo’yiladi, qoplag’ich oyna bilan yopiladi. Glitserinda qilingan ob'ekt bir qancha vaqt buzilmay turadi. Bu preparat chang tegmaslik uchun maxsus tayyorlangan qutichaga solib qo’yiladi. Glitserinda saqlangan ob'ekt uzoq vaqt turishi uchun buyum va qoplag’ich oyna orasi glitserin-jelatin bilai yopishtiriladi. Bu usullarda tayyorlangan preparat vaqtinchalik preparat bo’lib hisoblanadi. Doimiy preparat tayyorlash ancha murakkab bo’ladi. Bo’yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so’ngra toluol, ksilol bilan ikki marta yuviladi, kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga balzam tomiziladi va qoplag’ich oyna bilan yopib, kleylanadi.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin