1. Avtomatlashtirish va avtomatlashtirish asboblari Avtomatlashtirish



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə1/2
tarix07.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#129786
  1   2

1.Avtomatlashtirish va avtomatlashtirish asboblari
Avtomatlashtirish (grekcha— o'z-o'zidan harakat qilish) fan va texnologiya sohasida, insonning bevosita ishtirokisiz texnologik jarayonlarni amalga oshirishning texnik vositalari va usullarini ishlab chiqadi.
Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini va shartli belgilarini belgilashning ikki usuli tavsiya etiladi: soddalashtirilgan va mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida murakkab vazifalarni, masalan, nazorat, rostlash va signalizatsiyani amalga oshiruvchi hamda ayrim blok ko‘rinishida ishlangan avtomatlashtirish asboblari va vositalari bitta shartli belgi bilan ifodalanadi. Yordamchi vazifalarni bjaruvchi qurilmalar (filtrlar, reduktorlar, kuchaytirgichlar, tok manbalari, montaj elementlar va boshqalar) tasvirlanmaydi. Mufassal kengaytirilgan belgilash uslubida har bir asbob yoki blok alohida shartli belgi bilan tasvirlanadi. Bitta parametrni o‘lchash, signallash yoki rostlash uchun mo'ljallangan vositalar to‘plami komplekt deyiladi. Avtomatlashtirish vositalari komplektidagi (barcha asboblar bitta nomer bilan belgilanadi, uning har bir tarkibiy qismiga esa (o‘lchovchi, rostlovchi asbobga va boshqa elementlarga) qo‘- shimcha raqamli indeks beriladi. Apparat komplektida qo‘shimcha raqamli indekslaming berilishi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: datchik, o‘lchovchi yoki rostlovchi asbob, qayta ulagich va hokazo. Avtomatlashtirish sxemasining (AS) pozitsion belgilanishi loyihaning barcha materiallarida saqlanadi. Asbobning yoki qurilmaning (qo‘lda boshqariluvchi qurilmalardan tashqari) belgilanishdagi birinchi raqam o ‘lchanayotgan kattalikning nomi hisoblanadi. Q oida bajariladigan ishlar uchun m o‘ljallangan qurilmalarning (knopka, boshqarish kaliti va boshqalar) harfiy belgilanishi N harfidan boshlanishi kerak. Asbobning funksional belgilarining harfiy belgilanishining joylanish tartibi I, R, C, S, A ketma-ketlik bilan belgilangan. Chizmalarda iloji boricha chiziqlar kam bo‘lishi `yoki kesishishi kerak. Agar prinsipial chizmalarda chiziqlar ko‘payib ketsa, adres usulidan foydalaniladi, bunda joyiga o ‘rnatilgan asboblarda, ko‘rsatilgan gorizontal chiziqdan 40... 80 mm masofada, bog‘lanish yo‘llari uziladi. Xuddi shu masofada o‘lchash uchun impuls olish joyi va ijro etuvchi mexanizmlar o‘rnatilgan yerdan bog‘lash chiziqlari uziladi. Bog‘lash chiziqlarining raqamli adreslari quyi va yuqori uzunliklarga mos ikkita gorizontallarda joylashadi. Uzilish yerlarida chapdan o‘ngga tartib bilan ortib boradigan qilib nomerlar yoziladi. Nazorato‘lchash asboblarining to ‘g‘ri tanlangani haqida oldindan fikr yuritish maqsadida bog‘lash chiziqlarining quyi kesmalari yonida o‘lchanayotgan texnologik parametrlarning eng yuqori miqdorlari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, bu m a’lumotlardan o‘lchash asboblarining shkalasini tanlaganda foydalanish mumkin.

Diagnostikalash jarayonlari effektivligi ko‘pgina hollarda tizimning dasturiy qurilmalarida aniqlanadi. λ(T) – buzilish sodir bo‘lishi ehtimolligining shartli zichligi, buzilish/ABT soat; f(T) – buzilish ehtimolligi zichligi; R(T) - buzilmasdan ishlash ehtimolligi; yoki – buzil ish ehtimolligi zichligining buzilmasdan ishlash ehtimolligiga nisbati (m uayyan vaqt yoki ishlagan soat uchun)



Agar buzilishlar jadalligi λ(T) ma‘lum bo‘lsa, xohlagan vaqt buzilmasdan ishlash ehtimolligini R(t) aniqlash mumkin. Boshqacha aytganda, buzilishlar, jadalligi avtomatik boshqarish tizimi vaqt birligi davomidagi buzilishlar sonining soz ishlayotgan avtomatikaning texnik vositalari o‘rtacha soniga nisbati bilan baholanadi (bunda avtomatik boshqarish tizimi yangilanmaydi va tamirlanmaydi).

bunda: n - buzilishlar soni; – vaqt birligi davomida soz ishlayotgan avtomatik boshqarish tizimining o‘rtacha soni; ΔT - oraliq qiymati, soat;



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin