1-bosqich ki 11-21 guruh talabasining “Falsafa” fanidan qarshi – 2022 Bajardi: Toshmurodov Fozil Qabul qildi: Mamatqulova. D



Yüklə 193,32 Kb.
tarix27.09.2022
ölçüsü193,32 Kb.
#117996
Toshmurodov Fozil. falsafa 2 mustaqil ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
Kompyuter Injiniringi FAKULTETI
1-BOSQICH KI 11-21 GURUH TALABASINING
“Falsafa” fanidan
QARSHI – 2022
Bajardi: Toshmurodov Fozil
Qabul qildi: Mamatqulova.D _
Mustaqil ish mavzulari:
  • Milliy va umuinsoniy qadriyatlar dialektikasi
  • Diniy madaniy an’analarning jamiat taraqqiyotiga ta’siri
  • Oila va oilaviy qadriyatlar ma’naviy madaniyatning bosh omili
  • Milliy va umuinsoniy qadriyatlar dialektikasi

Reja: 1)Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyat
2) Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabati.
3) Qadriyatlar.
Islomgacha bo’lgan milliy qadriyatimiz tarixi bir necha ming yilni qamrab oladi va ma’naviyatimiz to’g’risidagi ma’lumotlarning bir qismi hatto milliy hududlarimizdan tashqarida ham topilgan bo’lib, «Avesto» kitobi va turkiy toshbitiklarda uchraydi. Ikkinchi qismi qadim Shumer, Bobil va Ashshur, Misr va Yunon, Hind va Xitoy manbalarida, Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklarda aks etgan. Uchinchi guruh manbalar arxeologik yodgorliklar bo’lib, ular bevosita yurtimiz hududidagi moddiy ashyolar va inshootlar bilan bog’liq. To’rtinchi guruh manbalar so’ngi davrlargacha og’zaki an’ana holida etib kelgan xalq adabiyoti, urf-odat va marosimlar, o’yinlar, bayramlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.Milliy ong milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, milliy madaniyatining cho’qqisiga qiyos qilish mumkin. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati, millat istiqboli, taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarining inson ongidagi ifodasidir.
Shuni ham unutmaslik lozimki, u milliy madaniyat zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyati rivojlanmagan, milliy birdamlik va hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda yuksak milliy ong bo’lishi amrimaholdir.Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy axloq-odob va boshqa ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning negizini tashkil etadi. Bundan tashqari, agar milliy ongimiz to’xtovsiz yuksala bormasa, mustaqilligimizning ma’naviy zamini mustahkam bo’lmaydi. Chunki milliy ong mustaqilikka yo’nalish beradi, xalqini yaktan, yakdil qiladi.Milliy ong muayyan millat va xalqning ijtimoiy birligi, ijtimoiy shart sharoitlari, urf-odatlari, an’nalari, turmush tarzi asosida vujudga kelgan kishilarning (millat yoki xalqning) xissiyotlari, kechinmalari, tushunchalari qarashlari, g’oya va nazariyalari majmuini ham anglatadi. Milliy ong mahalliy borliqni (ijtimoiy borliqni) aks ettirsada, u hech qachon sust bo’lmaydi. Aksincha, milliy ong ajdodlarning avlodlarga qoldirgai ma’naviy merosi orqali yangi sharoitda vujudga kelgan muayyan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan qo’shilib rivojlanadi.
Shu bois ta’lim tarbiyaning milliy ongining shakllanishi hamda taraqqiy etishdagi o’rni va ahamiyati nihoyatda ulkandir. Ta’lim-tarbiya tizimini ana shu asosda qayta ko’rib chiqish hozirgi davrda ayniqsa muhimdir. Bu esa, o’z navbatida, ilm-fan, axloq va huquq, adabiyot va san’at oldiga bir qator masalalar qo’yadi. Binobarin, maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmay, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko’maklashadi, komil inson degan oliy maqsad sari etaklaydi.Avvalo muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi, ma’naviy kiyofasi o’sha tabiiy, ijtimoiy, tarixiy sharoitlarga qarab o’zgarib borishi tabiiydir.Zero, millatning ruhiy, ma’naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi.Aslida milliy ong ijtimoiy ong shakllari singari ma’lum davrlarda o’zining nisbiy mustaqilligi tufayli jamiyat asosini tashkil etuvchi bazis va ustuqurmaning mohiyatini tubdan o’zgartirib borishga faol ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunga misol tariqasida sobiq Ittifoqdagi respublikalar hududida ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar jarayonini ko’rsatib o’tish mumkin. 
Ularning hayotida shiddat bilan ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o’zgarishlar qanchalik keskin tus olmasin, xalq ommasi ongining yangicha shakllanishi anchagina ijobiy tus olyapti.Milliy ong va uning shakllanishi eng avvalo, milliy uyg’onish zaminida boshlanadi. Milliylikni tan olish millatga mansub kishilarning ijtimoiy etnik barqarorligini tan olish demakdir. Milliylikda insoniy va umuminsoniy qadriyatlar muayyan qiyofa va shakl kasb etadi. Milliylikda milliy mansublik ruhi ham mavjud. Diqqat qilinsa, milliy ruhimizdagi milliy tuyg’ularimiz mavjud milliy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda sodda ong sifatida ifodalanishini bilish mumkin. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasavvurida ilmiy asoslangan bo’lsa, uni milliy o’z-o’zini anglash deb tushunish mumkin. Milliy o’zlikni anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun ko’llanma darajasiga ko’tarilsa, milliy mafkura deb ataladi. Bu sohadagi asosiy qoidalar Islom Karimovning «Istiqlol va ma’naviyat» asarida ta’kidlangan bo’lib, bugungi kunimizga xos yorqin xususiyatlardan biri millatning o’zligini aglashidir. Demak, millatning o’zligini anglash tushunchalarining tarkibiy qismlari avvalo, quyidagilardan iborat:
1)Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib etish.
2)Milliy qadriyatlar: til, tug’ilib o’sgan joy, madaniyatga (keng ma’noda) sodiklik.
3)Milliy manfaatlarni tushunib etish.
4)Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish.
5)Vatanparvarlik.
Shaxs milliy o’zligini anglash tushunchasining tarkibiy qismlarini o’rganishda quyidagi jihatlarga diqqat qaratmog’i lozim:
1.Millat (etnos) ga mansublikni anglash.
2.Millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o’rnini bilish.
3.Milliy qadriyatlarga sadoqat.
4.Milliy taraqqiyotga vijdonan xizmat qilish.
Basharti, mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan xalqda etuk milliy ong bo’lmasa, ozodlik, erkinlik haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Agar xalqning milliy ongi to’xtovsiz o’sib bormasa, mustaqillikning ma’naviy zamini mustahkamlanmaydi.
  • Diniy madaniy an’analarning jamiat taraqqiyotiga ta’siri

Reja:
1.Istiqlol, ma’naviyat va din
2.Ma’naviy an'anasifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni
3.Islom dinining sharq ma’naviy madaniyatida tutgan o’rni va roli
4.Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning o’rni
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar tizimida ma’naviy yangilanish alohida mavqyega ega. «Mustaqiligimizning dastlabki kunlaridanoq, - deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklanishni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»1. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat masalalari millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Jamiyat va shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli davlat miqyosidagi vazifa tarzida idrok etilmoqda.
Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga juda ko’p omillar - siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir yetkazadi.
Ma’naviy qadriyatlar - bular kishilar ma’naviy faoliyatining mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga zamonaviy, ma’naviy yutuqlarga, shu bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. Har bir davr, xalq, millatning ma’naviy qadriyatlari tabiiyki, quruq, bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalar hamda o’tmish avlodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosga, shuningdek, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga tayanadi.
O’zbekiston xalqlarining boy ma’naviy merosi I.A.Karimovning aytganlaridek ikki jabhani - olamni ilmiy bilishi va diniy - falsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi. Ota - bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, ilmiy kashfiyotlari, badiiy asarlari, axloqiy ta’limotlari bugungi ma’naviy tiklanishning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda islom ma’naviyati va axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni zararli deb topish, kurashchan ateizm tamoyillarini mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi.
Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan. Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jihatlari bilan chambarchas bog’lanib, uning turmush tarziga aylanib ketgan. Boshqa tomonidan, din ta’sirining zamirida savob va gunoh haqidagi tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma’naviy xodisalarga hyech qachon bafarq qaramagan.
Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning ham bu dunyo, ham nariga dunyo taqdirlanishi, gunohkorlarning esa jazolanishi to’g’risidagi qarashlar kishilik jamiyati taraqqiyatining ilk bosqichlaridan shakllanib, odamlarning axloqiy munosabatlarini tartibga solib kelgan.
Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi. Prezidentimiz Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlarida dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishdagi roliga baho berib, shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas - tuganmas kuch- qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»
Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat uzluksiz jarayon bo’lib, jamiyat hayotining barcha sohalarida o’zining chuqur ta’sirini topgan. Ma’naviyatning mohiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov shunday bayon qilganlar: «Ma’naviyat deganda, avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuchni tasavvur qilaman»3. Bu ta’rifda ma’naviyatning haqiqiy mohiyati, ko’pqirrali mazmuni, uning tarkibiy qismida dinning o’rni ham ifodasini topgan. Ma’naviyat sohasida tadqiqot olib borgan Muhammadjon Imomnazarov esa, ma’naviyatni «inson qalbida aks etgan ilohiy» nur, Oliy haqiqat nuridir», - deb baho beradi. Sobir Mirvaliyev uni «odamiylik, insoniylik majmuasi» sifatida tushuntiradi. Har holda din jamiyat va inson ma’naviy hayotida alohida o’rin tutadi. Dinning asosiy belgisi ilohiy kuch-qudratga bo’lgan ishonch, e’tiqodda namoyon bo’ladi. Din tabiat va jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan biri sifatida ham madaniyat tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi.
Mutaxassislar fikricha diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega bo’lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amallari birligida o’z ifodasini topadi. Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida aks etadigan xudo, payg’ambarlar, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton. «Muqaddas yozuvlar, ularning odamlar hayotiga ta’siri to’g’risidagi tushunchalar majmuiga aytamiz.
Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog’liq bo’lgan ojizligi, zaifligi, qo’rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonningdiinyamaliyotlariesaxudogatoat-ibodat, diniytalablarvamarosimlarnibajarish, nazr-niyozlarni o’z ichiga oladi» .
Insoniyat jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham kishilarda diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo’lgan emas. Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o’rtasidagi murakkab munosabatlar sabab bo’lgan. Olimlarning fikricha ilk diniy tasavvurlar, asosan, paleolit - qadimgi tosh davrining so’nggi bosqichida paydo bo’lgan.
Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha - din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.
  • Oila va oilaviy qadriyatlar ma’naviy madaniyatning bosh omili

Reja:
1. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari.
2. O`zbekiston Respublikasida Oila Kodeksining qabul qilinishi.
3. Oila tashkil bo`lishi va rivojlanishining bosqichlari.
4. Oilaviy Qadriyatlar.
1. Oila – nikohga yoki tug`ishganlikga asoslangan kichik guruh. Uning a`zolari ro`zg`orining birligi o`zaro yordami va ma`naviy mas`uliyati bilan bir-biriga bog`langan oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a`zolarining turmush sharoitini va bo`sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta`sirini o`zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o`rnatadi.
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf odatlarini o`zida sinovdan o`tkazadi. Yaxshilarini o`z bag`rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila o`z farzandlarini tarbiyalab, umum insoniy qadryatlarni singdirish bilan ularga boshlang`ich ijtimoiy yo`nalish beradi. O`z farzandlarini katta oqimga – jamiyatga qo`shish bilan esa oila jamiyat yo`nalishi, iqtisodiyoti, ma`daniyati va ma`rifatini ham belgilashga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblanib kelgan. Xususan, o`zbek oilalarining serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Bizning millatda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta ro`zg`or tutishi, farzandlarni odobli ma`naviy etuk bo`lib komil topishini keksalar, ota-onaning ro`li katta. O`zbek oilalari o`zlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibati va boshqa qadryatlari bilan ajralib turadi.
2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega . Nikoh tomonlarining ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, deb yozib qo`yilgan. Respublikamizda Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 30-aprelda O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining qabul qilinishi oila manfaatlarini takomillashtirish yo`lida qo`yilgan muhim bir qadam bo`ldi. Ushbu Kodeks oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda o`zaro hurmat, hamjihatlik, oila a`zolari o`z huquqlarini hech qanday to`siqlarsiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ifodalaydi. Oila Kodeksi - O`zbekiston Respublikasida oila munosabatlarini tartibga soluvchi yogona tizimga keltirilgan qonunlar majmuasidir. Huquqning alohida tarmog`i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. E`tiborlisi, Oila Kodeksi mamlakatimizda “Oila yili” deb e`lon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 bo`lim, 30 bob 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila Kodeksi bir qator oilaviy huquq munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindosh-urug`chilik, bobo-buvilar va nabiralar o`rtasidagi munosabatlarni yangicha talqini), umum insoniy qadryatlar aks etganligi (nikoh shartnomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi kabi hollar.
Kodeks Respublikamiz yerli xalqning milliy hususiyatlarini to`la hisobga olgan. Oilada ota-onaga va katta yoshdigilarga nisbatan hurmat ko`rsatish, ularning duolarini olish, kichiklarga nisbatan shafqatli bo`lish, hovli joylarni supurib-sidirib, suv sepib tozalikni saqlash, idish-tovoq, uy-joylarni pokiza tutish, oila a`zolarining barchasi to`planib dasturxon atrofida shirin suhbat qurish oilaviy rejalarni belgilab olish kabilar sharqona oilaga xos ajoyib hususiyatlardir.
Sharq oilalari o`zlarining ko`p asrlik mustahkam ma`naviy tayanchlariga ega bo`lib, aynan oilada demokratik negizlarga asos soladi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadryatlari shakllanadi.
3 Oila tashkil bo`lishi va rivojlanishida bir necha bosqichlarni o`z boshidan kechiradi.
Dastlabki bosqich – Oilaning tashkil bo`lish davrining o`z ichiga olib, bu davrda oilada er-xotin o`rtasida yangi munosabatlar shakllanadi. Bu o`ziga xos turli oilalarda tarbiyalangan va turli tabiatga ega kishilarning bir-biriga moslashish davri bo`lib o`rtacha bir yilgacha davom etadi. Bu davrda oilaviy moddiy sharoitlar, uy-joy va ruhiy mikro iqlim yaratiladi. Oila sog`lom turmush tarzini shakllantirish “maydonchasi” bo`lib, har bir insonning dastlabki gigiyenik ko`nikmalarga o`rganishi, undagi sog`lom turmush tarziga bo`lgan dunyoqarashning shakllanishi aynan oilada boshlanadi.
Ikkinchi bosqichda uy-joy sharoitlarini yaratish davom ettirilishi bilan bir qatorda oilada bolalarning tug`ilishi va ularning dastlabki tarbiyasi masalalari kun tartibiga chiqandi. Odatda, oilalar yanada mustahkamlanish davrini o`taydi. Bu davrda er-xotinning bir-biriga nisbatan hurmatda bo`lishi, bir-birini qo`llab- quvatlashi, xalq maqollarining birida aytilganidek, “er-xotin qo`sh xo`kiz” qabulida ish tutilishi oilani yanada mustahkamlaydi, bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Oilaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich – bu oilaning barqarorlashuvi bo`lib, bunda odatda oilaning moddiy sharoitlari asosan yaratilgan bo`ladi, er-xotin e`tibori joriy masalalarga qaratiladi. Er-xotin bir-birini yaxshi o`rganganligi tufayli vujudga kelgan totuvlik oilada bola tarbiyasiga ham, oila jipsligiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Oila rivojlanishining so`ngi bosqichi – oilaning sekin-asta so`na borishi va uning tugashi bilan tafsiflanadi. Bolalarning mustaqil oila qurib chiqib ketishi bilan yoki bir hovlida yashasalar-da har qaysining o`z hayoti, o`z muammolari bilan band bo`lib qolishi tufayli er-xotinning yolg`izlanib, o`z salomatligi masalalari bilan shug`ullanishi, bir-biridan bir muncha uzoqlashuvi kuzatiladi. Bu davrda er-xotin bir-biriga yordamlashib keksalik gashtini surishi, unga moslashishi lozim.
Yüklə 193,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin