1. Donning asosiy xususiyatlari Qayta ishlash jarayonida donni texnologik xususiyatlarini



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#140777
  1   2   3
Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari


Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari

Reja:


1. Donning asosiy xususiyatlari

2. Qayta ishlash jarayonida donni texnologik xususiyatlarini

optimal barqarorligini ta’minlash

3. Un va yorma ishlab chiqarish texnologiya samaradorligini

boshqarish






1. Donning asosiy xususiyatlari


Donni qayta ishlash sanoati korxonalarida texnologik jarayonlarni oqilona tashkil qilish va optimal olib borish uchun foydalanilayotgan xomashyo xususiyatlarini va ularni belgilaydigan omillarni yaxshi bilish zarur. Un, yorma va omixta-yem zavodlarida asosiy xomashyo GOST 9353–90 ning barcha talablariga mos keladigan holda yetishtiradi. Shuning uchun, eng avvalo, uning barcha asosiy xususiyatlarini o’rganish kerak.
Don biologik obyekt sifatida murakkab mahsulot. Uning har bir qismi, butun don singari o’zida tayyor mahsulotning berilgan chiqishi va sifati, uni olish uchun zarur bo’lgan texnologik usullar va texnologik jarayon olib borilishida kerak bo’lgan rejim parametrlari haqida ma’lum axborot olib yuradi. Zamonaviy ilmiy tasavvurlarga ko’ra donni un, yorma va omixta-yem sifatida qayta ishlash uchun xomashyoni baholashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  1. don – bu murakkab qo’shma jism bo’lib, o’zining tuzilishi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, absolut og’irligi, anatomik qismlarning (murtak, endosperma, tashqi va ichki qobiqlar) biologik vazifasiga ko’ra keskin turli-tuman bo’lgan bir butun organik birikma;

  2. don – bu keskin ifodalangan anizotrop jism bo’lib, uning alohida qismlari (murtak, endosperma, tashqi va ichki qobiqlar) turli tuzilishga, fizikaviy va kimyoviy xarakterga ega bo’la turib, turli xil tuzilish – mexanik xususiyatlarga ega;

  3. don – bu keskin ifodalangan anizotrop jism bo’lib, uning tuzilishi va kimyoviy tarkibidagi ahamiyati nafaqat uning alohida anatomik qismlari o’rtasida, balki ularning har birining chegarasida ham yuzaga keladi;

  4. don – polimer jism bo’lib, uning anatomik qismlari biopolimerlardan (oqsil, uglevod va lipidlardan) qurilgan;

  5. don – bu biopolimer, kapillar-g’ovak kolloid jism bo’lib, unga polimerlarning barcha xususiyatlari, aynan namlikni yutish va chiqarish, cheklangan shishish, boshlang’ich bir butun strukturasining buzilishi, issiqlik chiqarish, ho’llash kabi xususiyatlar xos;

  6. don – bu biologik xususiyatlarga ega bo’lgan tirik organizm bo’lib, unda kechayotgan barcha jarayonlar bu biologik xususiyatlarning boshqarish ta’siriga bo’ysunadi;

  7. don – bu qayishqoq-yopishqoq-plastik, kolloid, kapillar-g’ovak jism bo’lib, oqsil karkasga, kraxmal to’ldiruvchiga va selluloza qobiqqa ega.

Donning turli xil xossalarining o’zaro bog’liqligi haqidagi zamonaviy tasavvurlar G.A. Egorov asarlarida ancha mantiqli qilib berilgan. Muallifning asosiy fikri shundan iboratki, don qayta ishlash obyekti sifatida to’rtta eng umumiy xossalarga ega. Bu xossalar birlamchi xossalarning beshta guruhiga, sifat belgilariga va tuzilishning o’ziga xos xususiyatlariga: anatomik tuzilish va mikrostruktura xususiyatlariga, biologik, fizikaviy va kimyoviy, mexanik tuzilish, biokimyoviy xossalar va kimyoviy tarkibga transformatsiyalanadi. Boshlang’ich xossalar va sifat belgilari ularga butunlay bog’liq bo’lgan ikkilamchi, shu jumladan donning texnologik xossalariga ta’sir ko’rsatadi.
Donning turli xossalarining o’zaro bog’liqligi sxemasi (sx 1) shuni ko’rsatib turibdiki, un yoki yorma sanoatining samaradorligi, shuningdek tayyor mahsulot (un, yorma) sifati donning texnologik xossalari bilan aniqlanadi.
Bu xossalarni maqbullashtirish gidrotermik ishlov (GTI) vositasida ta’minlanib, buning natijasida ularning transformatsiyalanishi ro’y beradi. Donning texnologik xossalari uning anatomik tuzilishi hamda fizikaviy-kimyoviy, mexanik tuzilish, biokimyoviy, jismoniy issiqlik va gidrotermik xossalariga bog’liq. Donning biologik xossalari hukmronlik o’rnini egallaydi va bu ularning boshqaruvchilik rolini belgilaydi. Sxemada donning turli xossalarining yetarli darajadagi aniq ierarxiyasi ko’rinib turibdi. Bunda oddiy chiziqlar yordamida xossalar guruhlari o’rtasidagi asosiy o’zaro aloqalar ko’rsatilgan. Sxemada faqat to’g’ri aloqalar ko’rsatilgan, garchi amalda barcha tirik organizmlarga xos bo’lgan ko’plab teskari aloqalar mavjud bo’lsa ham.
Donning anatomik tuzilishi. Barcha boshoqli ekinlarning donlari murtak, endosperma (zaxira moddalar) va qobiqdan (meva va urug’ qobiqlardan) iborat. Donning har bir anatomik qismi tarkibida turli xil namlikka ega bo’lgan va turli vazifalarni bajaruvchi, shu sababli o’zining tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlari, tuzilish-mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiluvchi ko’p hujayrali to’qimalardan iborat.

Donning anatomik tuzilishi uni un, yorma va omixta-yem olish uchun xomashyo sifatida ko’rib chiqishda foydalaniladigan ko’plab fizik ko’rsatkichlarga ta’sir ko’rsatadi. Amaliy texnologiyada donning anatomik tuzilishini ikki pozitsiyadan ko’rib chiqishadi:

  1. asosiy texnologik operatsiyalarni tanlashda qanday texnologik usullar eng samarali;

  2. mahsulotning chiqishi qanday va bunda qanday sifatga erishiladi.

Donning anatomik tuzilishining asosiy ko’rsatkichlari:

  1. umumiy tuzilish, shakl va anatomik qismlari xossalarining o’ziga xos xususiyatlari;

  2. turli anatomik qismlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik darajasi;

  3. murtakning joylashishi va uning endospermga kirib borish chuqurligi;

  4. egatchaning mavjudligi, chuqurligi va konfiguratsiyasi.


.
24-jadval Don qismlarinig tarkibiy miqdori, %


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin